Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Hanafiy mazhabining mashhur namoyandalari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
islom huquqi

Hanafiy mazhabining mashhur namoyandalari
(Abu Hanifaning shogirdlari) 
Zufar ibn Huzayl (732–774) Hanafiy mazhabining taniqli vakillaridan 
hisoblanadi. U ustozi Abu Hanifadan o‘rnak olib, bir necha marta takliflar 
bo‘lganiga qaramay, qozi lavozimini qabul qilishdan voz kechganlardan 
biri edi. U mudarrislik qilishni afzal ko‘rdi va umrining oxirigacha, 42 
yoshida Basra shahrida vafot etguniga qadar, shu ish bilan shug‘ullandi. 
Abu Yusuf Yoqub ibn Ibrohim (735

795) Kufada kambag‘al oilada 
tug‘ilgan. U hadislarni chuqur o‘rganib, hadis ilmi sohasida ko‘zga 
ko‘ringan olimga aylandi. 9 yil davomida Kufada madinalik mashhur 
sahobaning o‘g‘li imom ibn Abu Laylo (765-yilda vafot etgan)dan fiqhni 
o‘rgandi. Keyinroq yana shuncha vaqt Abu Hanifaning qo‘lida tahsil oldi. 
Abu Hanifa olamdan o‘tgach, Madinaga borib, ma’lum muddat imom 
Molikdan ilm o‘rgangan. 
Abu Yusuf Abbosiy xalifalar tomonidan davlatning bosh qozisi etib 
tayinlangan. Bosh qozi sifatida u shahar qozilarini tayinlardi, uning 
barcha yaqinlari Hanafiy mazhabining davomchilari edilar. Bu ushbu 
maktab g‘oyalarining butun musulmon imperiyasi bo‘ylab yoyilishiga 
yordam bergan omillardan biri edi.
Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy (749–805) Kufada voyaga 
yetgan. Abu Yusuf kabi u ham avval hadislarni o‘rganib chiqqan. U bir oz 
muddat Abu Hanifadan tahsil oldi, Abu Hanifa vafot etgach, unga Abu 
Yusuf ustozlik qildi. Keyinroq Madinaga borib, uch yil davomida imom 
Molikdan saboq oldi. Bu muddat ichida u Molikning «Al-Muvatto» kitobi 
bo‘yicha asosiy hadis aytuvchilardan biriga aylandi. Imom Shofi’iy 
Muhammad ibn Hasandan ta’lim olgan ko‘plab shogirdlardan biri edi. 
Muhammad ibn Hasan ham xalifa Xorun ar-Rashid hukmronligi 
davrida qozilik lavozimiga tayinlangan, lekin oz fursat ichida bu lavozim 
ko‘pincha murosa qilishni talab etganligi sababli undan voz kechdi va 
Bag‘dodga mudarrislik lavozimiga qaytdi. 
Hanafiya mazhabiga mansub bo‘lganlarning ko‘pchiligi hozirgi 
kunda Hindiston, Afg‘oniston, Iroq, Siriya, Turkiya, Gayana, Trinidad, 
Surinam va qisman Misrda yashaydilar. Sobiq Ittifoq hududida istiqomat 
qiluvchi musulmonlarning ko‘pchiligi ham ushbu mazhab vakillari 
hisoblanadilar. XII asrda Usmoniy hukmdorlar musulmon huquqini 
Hanafiy mazhabiga moslashtirib, uni davlat qonunchilik darajasiga olib 
chiqishgach, qozilik lavozimini egallamoqchi bo‘lgan ham bir ulamo 
mazkur mazhabni o‘rganib chiqishi shart bo‘lgan. Buning natijasida XIX 


51
asrning ikkinchi yarmiga kelib, Hanafiy mazhabi butun Usmoniylar 
davlati bo‘ylab yoyilib ketdi.
Hanafiy mazhabining tarqalishiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi. 
Birinchi omil. Ushbu mazhab mohiyati, ta’limoti va qo‘llanish uslubi 
bilan jamiyatda yuz berib turadigan huquqiy muammolarni hal etish 
imkoniyatiga ega bo‘lib, har qanday savolga javob topa olgan. Bunday 
imkoniyat shundan kelib chiqadiki, Hanafiy mazhabi biror masala 
to‘g‘risida nass (Qur’on yoki hadislar matni) mavjud bo‘lmasa, qiyos va 
uning eng muhim turi bo‘lgan qiyosi hafiy, ya’ni yopiq yoki yashirin 
qiyos (istihson)ga tayanib ish olib borgan, shuningdek, urf-odatga katta 
e’tibor qaratgan. Bunday uslubdan foydalanish xalq uchun hayotiy 
muammolarni musulmon huquqi qoidalariga asoslanib yechishda qulaylik 
tug‘dirib, Hanafiy mazhabining tarqalishi uchun zamin yaratib bergan. 
Ikkinchi omil. Hanafiylik ilmiy asoslarga tayangan mazhab sifatida 
Abbosiylar imperiyasining mazhabi bo‘lgan. Undan keyin G‘aznaviylar, 
Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, 
Boburiylar, shuningdek, Usmoniylar davrida ham asosiy va davlat 
mazhabiga aylanishi uning rivojlanishi va tarqalishi uchun katta 
imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ushbu davlatlarda, ayniqsa, Abbosiylar, 
G‘aznaviylar, Usmoniylar davlatlarida sud tizimi rivojlandi. Alloma ibn 
Obidin aytganidek, ularning barcha qozilari va shayx ul-islomlari Hanafiy 
mazhabi vakillari bo‘lganlar. 
Uchinchi omil 

Abu Hanifa shogirdlarining ko‘pligi. Shayx 
Mahmudxon Tunkiy yozgan 60 jildlik «Majma’ul-musannifiyn» kitobida 
zikr etilishicha, uning shogirdlari (Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan, 
Zufar va Abdulhasandan tashqari)ning ko‘pchiligi Movarounnahr, 
Xuroson va Eron hududlaridan edilar. Ularning ba’zilari, masalan, Usmon 
al-Bustiy va boshqalar yuksak ilmiy maqomga ega bo‘lib, ushbu 
mazhabni yoyish yo‘lida katta xizmat ko‘rsatganlar. Ulardan ayrimlari 
eng salohiyatli fiqhshunoslar sifatida uning ilmiy uslubi, huquqiy 
qarashlarini yoritib, ba’zan unga qarshi o‘z fikr-mulohazalarini ham 
bildirganlar. 
To‘rtinchi omil. Abu Hanifaning iqtidorli shogirdlaridan keyin 
ularning izdoshlari bo‘lgan bir guruh faqihlar yetishib chiqib, musulmon 
huquqi hukmlarini istinbot va istihroj (tahlil) qilish va ularni asrlar 
davomida yuz bergan hodisalarga tatbiq etish muammolariga jiddiy 
yondashganlar. Abu Zahraning ta’kidlashicha, ular mazhablariga tegishli 
bo‘lgan juz’iy masalalar asosi bo‘lgan hukmlarning illatlari (sabablari)ni 
belgilab olgandan keyin, umumiy va qamrab oluvchi qoidalarga tayangan 


52
holda, bir-biri bilan uyg‘unlashgan masalalarni to‘plashga urindilar. 
Shunday qilib, mazhab bo‘yicha tafriy’, ya’ni juz’iy masalalar (furu’l-
fiqh) va fiqhning barcha tarmoqlarini birlashtiruvchi va umumiy 
tamoyillarga e’tibor beruvchi asosiy qoidalar va umumiy nazariyalar (usul 
ul-fiqh) yuzaga kelgan. Izohlab o‘tilgan to‘rt omil Hanafiy mazhabining 
islom dunyosida keng ko‘lamda tarqalib, rivojlanishining asosiy sabablari 
hisoblanadi. 
Hozirgi kunda Hanafiylikning jo‘g‘rofiy hududi Markaziy Osiy 
davlatlaridan boshlab, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron, 
Iroq, Arabiston, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Turkiya, 
Indoneziya va boshqa musulmon o‘lkalariga yetib boradi. Abu Hanifa 
mazhabi aytib o‘tilgan mamlakatlarning ayrimlarida asosiy mazhab 
bo‘lsa, ayrimlarida ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda turadi. 
Hanafiy mazhabi Shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir, 
Marokash)da ham tarqalgan. Bu o‘lkalarda hanafiylar soni ko‘p bo‘lmasa 
ham, bu mazhab olimlari katta izzat va hurmatga ega. Tunis poytaxtida 
sud ishlari hanafiy va molikiy mazhablari asosida yuritilib, unda hanafiy 
sud tizimi molikiy sud tizimi bilan birga qo‘llaniladi. Hasan Sodiqning 
ta’kidlashicha, bu yerda hanafiy mazhabining buyuk muftiylari mavjud 
bo‘lib, barcha ustidan ma’naviy rahbarlik maqomida turib, «shayx ul-
islom» deb ataladilar. 
Shuningdek, odat bo‘yicha Zaytuna universiteti o‘qituvchilarining 
yarmi hanafiylardan va yarmisi esa molikiylardan bo‘ladi. 
Hanafiy mazhabi tarafdorlari Hindistonda 48 mln.ga yetib boradi. 
Janubiy Amerika va Braziliyada 25 mln hanafiy musulmonlari 
yashaydilar. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin