54
1. Qur’on. Barcha imomlar kabi Molik Qur’onni musulmon
huquqining birinchi darajali manbai hisoblar va uni hech qanday
shartlarsiz qo‘llar edi.
2. Imom Molik
sunnani musulmon huquqining muhimligi jihatidan
ikkinchi o‘rinda turuvchi manbai sifatida qo‘llagan. Biroq, Abu Hanifa
kabi uni qo‘llash borasida ayrim cheklovlar kiritdi. Agar qaysidir hadis
Madina aholisining odatdagi amaliyotiga zid kelsa, uni rad etardi. Ammo
Abu Hanifadan farqli o‘laroq, u qo‘llanayotgan hadisning mashhur bo‘li-
shi shart, degan qat’iy talab qo‘ymas edi. Aksincha, u o‘zi eshitgan har
qanday hadisni, agar hikoya qiluvchilari yolg‘onchi sifatida nom chiqar-
magan va xotira zaifligi dardiga chalinmagan bo‘lsalar, qo‘llayverardi.
3.
Amal – Madina aholisining amaliyoti. Imom Molik Madina
aholisining ko‘pchiligi Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
avlodlari, Madina esa Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi o‘n yilini
o‘tkazgan joy ekanligi tufayli shahar aholisi qo‘llagan an’analar
Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga ma’qul kelmagan taqdirda ham,
ruxsat etilganlik maqomini olishi lozim, deb hisoblardi. Shunday qilib,
imom Molik Madina aholisining an’analariga musulmon huquqi
manbalarining nihoyatda ishonchli, so‘zda emas, amaldagi turlaridan biri
sifatida qaragan. Abu Hanifa kabi imom Molik ham sahobalar hamda
boshqa ulamolarning ijmolarini musulmon huquqining ahamiyatga molik
manbai, deb hisoblardi.
Dostları ilə paylaş: