70
istihsonini qabul qilmaganlar, biroq aynan shu tamoyilni «maslahati
mursala» atamasi bilan qo‘llagan. Shofi’iylar esa ikki atamani ham inkor
etib, «istis’hob» nomi bilan qo‘llaganlar.
Abbosiylar hukmronligi davrida fiqh kitoblarini yaratish uchun
ma’lum shakl va tartiblar joriy qilingan. Bu tartib barchaga taalluqli
bo‘lib, undan hozirgacha foydalaniladi. Turli masalalar umumiy
sarlavhalar ostida ifodalansa-da, guruhlar va boblarga taqsimlangan.
Boblarning berilishidagi tartib ham hamma uchun bir xil bo‘lgan.
Mualliflar o‘zlarining fiqh kitoblarini iymondan keyin keluvchi to‘rt
ustun bilan boshlaganlar. Islom teologiyasiga oid kitoblarda «tahorat» va
«salot» (ibodat), «savm» (ro‘za) va «haj» kabi tushunchalarga oid
masalalar bayon etib bo‘lingach, nikoh, taloq, bay, undan keyin boshqa
masalalarga o‘tilgan. Bu masalalar bilan to‘qnash kelganda, mazhab
ulamolari barcha mazhablarda qo‘llanilgan turli dalillarni keltirib, o‘z
mazhabi nuqtai nazarining to‘g‘riligini metodologik tomondan isbotlab,
mazhablarning dalillarini rad etganlar.
Dostları ilə paylaş: