Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
islom huquqi

«Namozni ado etinglar va zakotni beringlar va payg‘ambarlarga itoat 
qilinglar. Shoyad mag‘firat qilinsangiz», – deyiladi. Oyatdagi «zakotni 
beringlar» ko‘rsatmasi umumiy, mavhum bo‘lib, unda qanday moldan 
qachon va qancha miqdordagi zakot berilishi kerakligi aniq emas. Mazkur 
qoidaga aniqlik kiritish ijtihod usulidan foydalanishni, boshqa manbalarga 
murojaat qilishni talab qiladi. 
VIII asrdan boshlab turli musulmon huquqiy maktablari, XII asrga 
kelib esa musulmon huquqiy nazariyasining to‘liq shakllangani tufayli 
ushbu huquq tizimini tarkibiy qismlarga bo‘lish, undagi normalarni 
turlarga ajratishga zarurat sezildi. Amaliyotda u yoki bu masala 
to‘g‘risida asosiy manbalarda tegishli qoida bo‘lmasa, masala hal 
qilinayotgan hududdagi hukmron huquq maktabining ta’limotiga va shu 
mintaqadagi yirik huquqshunos olimlarning asarlariga tayanib, hukm yoki 
qaror chiqarish qoidaga aylandi. Musulmon huquqidagi barcha normalar 
mohiyatiga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh normalari: 
insonning u yoki bu harakatini baholash to‘g‘risidadir. Bu guruh 
normalarini besh turga ajratish qabul qilingan, bular – majburiy, tavsiya 
etuvchi, ruxsat beruvchi, tanbeh beruvchi, taqiqlovchi normalardir. 
Majburiy normalar islom ta’limotida farz amallar, deb ataladi. Farz 
amallar qat’iy belgilangan bo‘lib, islom ta’limotiga ko‘ra, ularni bajarish 
shart va bajargan kimsa savob egasi, bajarmagan esa gunohkor sanaladi. 
Ularni inkor etgan shaxs esa dindan chiqqan hisoblanadi. Farz 
amallarining farzi ayn va farzi kifoya kabi turlari mavjud. 
Farzi ayn har qaysi musulmon albatta bajarishi shart bo‘lgan qoida 
yoki amallar. Mutaxassis olimlarning fikricha, bunday normalar yuzdan 
ortiq
1
. Namoz o‘qish, ro‘za tutish, qodir bo‘lsa haj qilish, qurbi etsa zakot 
berish, guvohlik berganda adolat bilan rost so‘zlash, ushr berish, erning 
o‘z xotinini uy-joy bilan ta’minlashi, xotinning mahrini ado etish kabilar 
farzi ayn normalardir. 
Farzi kifoya shunday normalardirki, ularni bajarish bitta jamoaga 
mansub bo‘lgan musulmonlarning barchasi uchun shart emas. Ularning 
bir qismi ushbu normalarni bajarsalar, qolganlarining zimmasidan mazkur 
majburiyat soqit bo‘ladi. Ushbu normalarni bajarmagan musulmonlar 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ɇɨɜɚɪɞɢɣ ȺɛɭɥΣɚɫɚɧ Ⱥɥɢ. ɋɭɥɬɨɧɢɣ ԟɭɤɦɥɚɪ. – Ԕɨԟɢɪɚ, 1298 ԟ.ɣ.
– Ȼ. 225.


73
gunohkor bo‘lmaydilar. Agarda musulmon jamoasi a’zolaridan hech biri 
farzi kifoya normalarini bajarmasa, unda butun jamoa a’zolari gunohkor 
bo‘ladilar. Farzi kifoya normalari umumiy sonining qanchaligi haqida 
turlicha fikrlar bor. Ushbu normalar musulmon huquqiga doir ilmlarni 
mukammal egallash, musulmonlarga ilm o‘rgatish, Qur’oni karimni 
yodlash, zaif, faqir kimsalar va yetimlarga muruvvat ko‘rsatish hamda 
tarbiyaga olish, Vatanni himoya qilish kabilardan iborat. 
Tartibga solgan ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga ko‘ra, 
musulmon huquqining normalari quyidagi sohalarga ajratiladi:
a) davlat huquqi; b) moliya huquqi; d) fuqarolik huquqi; e) oila huquqi; f) 
meros huquqi; g) jinoyat huquqi; h) sud huquqi. 
Davlat huquqiga doir normalar – hokimiyatni amalga oshirish, davlat 
organlarini tashkil etish, ularning o‘zaro munosabatlari, vazifalari, 
vakolatlari bilan bog‘liq masalalar, davlat organlari bilan fuqarolar, 
ijtimoiy va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Ushbu sohaning asosiy institutlari – davlat bilan hokimiyatining asoslari, 
davlat boshqaruv organlari, davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi 
munosabatlardir.
Moliya huquqi sohasidagi normalar – davlat daromadlari va 
xarajatlari, soliqlarning turlari, ularni undirish va taqsimlash bilan bog‘liq 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardir. Uning 
asosiy institutlarini davlat daromadlari, davlat xarajatlari, zakot, xums, 
soliq yig‘ish va undan yig‘ilgan mablag‘larni taqsimlash kabilar tashkil 
etadi. 
Musulmon huquqining eng ulkan sohasi fuqarolik huquqi bo‘lib, u 
mulkdan foydalanish, uni egallash va tasarruf qilish, sotish va sotib olish, 
ijaraga berish, hadya qilish, garovga qo‘yish, shartnomalar va 
majburiyatlar, ularning ijrosini ta’minlash kafolatlari bilan bog‘liq 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat. 
Uning asosiy institutlari – mulk huquqi, savdo huquqi, ijaraga berish, 
hadya qilish, garovga qo‘yish, shartnomalar va majburiyatlar, ularning 
ijrosini ta’minlash kafolatlari bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi normalardir.
Oila huquqi nikohni qayd qilish, er-xotinning huquq va burchlari
ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar, nikohni tugatish asoslari 
va uning huquqiy oqibatlari, vasiylik va homiylik bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur 
sohaning asosiy institutlari – nikoh, mahr, er-xotinning huquq va 


74
burchlari, nikohni tugatish, nafaqa berish, vasiylik va homiylik kabilardan 
iborat.
Meros huquqining normalari merosning ochilishi, uning turlari, 
meros qoldiruvchi va uni oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, merosni 
taqsimlash va merosga aloqador nizolarni hal qilish bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. Meros huquqining asosiy institutlari 
vasiyat, qonuniy meros, merosni taqsimlash, voyaga yetmaganlarning 
meros mulki bo‘yicha vasiyligi kabilardir. 
Jinoyat huquqining normalari jinoyat va uning turlari, jinoyatlarni 
sodir qilganlik uchun belgilanadigan jazo turlari bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu huquq sohasi institutlarini 
«jinoyat» tushunchasi, turlari, jinoyat tarkibi, jinoyatda ishtirokchilik, 
jazo va uning turlari tashkil qiladi. 
Sud huquqi – fuqarolik va jinoyat ishlarini sudda ko‘rib, qaror 
chiqarish, ularning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidir. Fuqarolik va 
jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun qabul qilish, sud muhokamasi, 
da’vogarlik, javobgarlik, guvohlik, vakillik, dalillar, sud qarori va hukmi, 
ularning ijrosini ta’minlash ushbu sohaning asosiy institutlari hisoblanadi. 
Yuqorida bayon qilinganlarga xulosa qilib, quyidagilarni ta’kidlash 
zarurki, musulmon huquqi qadimgi huquqiy tizimlardan biridir, u 
shakllanish, rivojlanish va takomilga yetish bosqichlarini bosib o‘tgan. Bu 
jarayonlar islom dini va arab xalifaligining vujudga kelishi hamda 
rivojlanishi bilan bog‘liq kechgan. Musulmon huquqi murakkabligi, 
serqirraligi, ko‘p manbaligi, turli yo‘nalishdagi huquq maktablarining 
mavjudligi bilan boshqa huquqiy tizimlardan tubdan farq qiladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin