Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi sabablarini tushuntiring. 
2. Sunniylarning qanday mazhablari mavjud bo‘lgan?
3. Sunniylik va shialik ta’limotlari o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?
4. Islomning turli huquqiy maktablari kelajakda birlashishi mumkinmi?
5-BOB. MUSULMON HUQUQINING NORMALARI VA 
TURLARI 
5.1. Musulmon huquqiy normalari va ularning tasniflanishi 
Musulmon huquqining O‘zbekiston hududida yoyilishi va uning 
mamlakat huquqiy hayotida mustahkam o‘rin egallashi arab xalifaligining 
mintaqada yuritgan siyosati, islom dinini yoyish borasidagi sa’y-
harakatlarining natijasidir. Movarounnahrdan yetishib chiqqan huquq-
shunos olimlar musulmon huquqi nazariyasi va amaliyoti rivojiga ulkan 
hissa qo‘shganlar. Ularning samarali ijodiy faoliyati tufayli ushbu 
huquqning turli sohalari va institutlariga bag‘ishlagan asarlar yaratilgan. 
Ushbu huquqiy tizimning nazariy asoslari mustahkamlanib, uning 
dovrug‘i butun olamga yoyilgan. 


71
O‘zbekiston hududida Hanafiylar huquq maktabi ta’limotlari keng 
yoyilgan. Barcha huquqiy masalalar ushbu maktab namoyandalarining 
fikr-mulohazalariga tayanib, hal qilingan. Mintaqada musulmon 
huquqidan tashqari odat huquqi va ijobiy huquq normalarining ham amal 
qilishiga imkoniyat yaratilgan. 
Musulmon huquqshunoslari ushbu huquq tarkibidagi o‘zaro bog‘liq 
ikki guruhni farqlaydilar
1
Birinchisi – Qur’oni karim va sunnadagi 
huquqiy ko‘rsatmalar. Bu normalar faqihlar ta’kidlaganlaridek, ilohiy 
tabiatga ega. Ikkinchisi esa, ijmo va qiyos asosida rasmiylashtirilgan 
normalar. Asosiy normalar sifatida dastlabki ikki manbadagi (Qur’oni 
karim va sunna) normalar tan olingan. Musulmon huquqshunos 
olimlarining fikrlaricha, haqiqiy normalar faqat Qur’oni karim va sunnada 
ifodalangan, boshqa manbalarda ko‘rsatilgan normalar esa ularni 
to‘ldirishga xizmat qiladi. Musulmon huquqidagi normalarning o‘rni va 
ahamiyati uning qaysi manbadan olinganligiga qarab belgilanadi. Agar 
o‘rganilayotgan masala yuzasidan chiqarilgan qaror (hukm) musulmon 
huquqining asosiy manbalariga tayangan bo‘lsa, o‘rganish darhol 
to‘xtalgan. Ammo qaror ikkilamchi manbalar yoki mujtahidlarning 
fikrlari asosida chiqarilgan bo‘lsa, qozilar yoki muftilar o‘sha qarorning 
o‘rniga boshqasini tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. O‘zining aniqligi 
bilan Qur’oni karim va sunnadagi normalar ikki toifaga ajratilgan.
Birinchisi – aniq, turli izohlarga muhtoj bo‘lmagan normalar. Bu 
turdagi normalar aniqligi va tushunarliligi bilan ajratiladi, bevosita va 
yagona tartibda amaliyotda qo‘llaniladi, ularni tushunishda ijtihodga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Ikkinchisi – boshqa ma’nolarni ham ifodalovchi turli izohlarga 
muhtoj mavhum normalar. Bunday normalarga ijtihod orqali aniqliklar 
kiritish zarur bo‘ladi.
Qur’oni karimning «Moida» surasi 106-oyatida: «Ey mo‘minlar, 
birovingizga o‘lim kelib vasiyat qilar vaqtida, o‘zingizdan bo‘lgan ikki 
adolat egasi yoki agar biror yerga safar qilib, o‘sha yerda sizga o‘lim 
yetgan bo‘lsa, o‘zgalardan bo‘lgan ikki kishi o‘rtalaringizda guvoh 
bo‘lsin», – deyiladi. Ushbu oyatda vasiyatga asoslangan meros qoldirishni 
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qoida ifodalangan bo‘lib, uning mohiyatini 
aslicha tushunish lozim. Ya’ni mazkur oyatni o‘zgacha tushunish yoki 
sharhlash mumkin emas.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȺɛɞɭɥΙɨɞɢɪ ȸɞɚ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɢɞɚ ɠɢɧɨɹɬ ԕɨɧɭɧɥɚɪɢɧɢ ɞɭɧɺɜɢɣ
ԕɨɧɭɧɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɢɺɫɢɣ ʆɪɝɚɧɢɲ (Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ). ɀ. 2. – Ȼɚɣɪɭɬ, 1985.


72
Mazmuni mavhum, unchalik aniq bo‘lmagan normalarda qat’iy, aniq 
qoidalar belgilanmagan. Unga aniqlik kiritishda sharhlash yo‘li orqali 
tegishli xulosa chiqariladi. Masalan, Qur’onning «Nur» surasi 56-oyatida: 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin