169
amal qilishlari shart. Shundagina bu tamoyil insonning ma’naviy erkinligi
unsuriga aylanadi.
Musulmonlarni hozirgi iqtisodiy munosabatlar, fuqaro erkinliklari va
burchlarini bajarishga keng da’vat qilishning muhimligini anglab,
ko‘pgina islom mutafakkirlari islom an’analari va vorisiylikning bir-
biridan uzilib qolmasligiga alohida ahamiyat beradilar. Bu an’analarga
ko‘ra, har qaysi musulmon uchun ideal shaxs Muhammad (s.a.v.)
payg‘ambar hisoblanadi. To‘g‘riso‘zlik, o‘zgalarning huquqlarini hurmat
qilish, savdo-sotiq va boshqa ishlarni amalga oshirishda halollik,
mehnatkashlik, rahmdillik kabilar haqiqiy musulmonning fazilatlaridir.
«
Do‘st bilan xushmuomala bo‘lish – yaxshi ish, biror-bir odamga yuk
ortishga ko‘maklashish – yaxshi ish, qo‘shnining chelagiga suv quyib
berish ham – yaxshi ishdir», – deb ta’kidlagan Muhammad payg‘ambar.
Tavhidda nafaqat musulmon olami, balki butun insoniyat
sivilizatsiyasini uyg‘unlashtirish, muvozanatga
solish va
insonparvarlashtirish maqsadi mujassamlashgan. Yakka xudoga ishonish,
faqihlar fikriga ko‘ra, odamlarni o‘lim dahshatidan xalos qiladi,
inson
hayotiga ma’no baxsh etadi. U insonda o‘zlikni anglash, o‘zini o‘zi
hurmat qilish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shuni ta’kidlash zarurki, islomda
shaxsning shakllanishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishiga monelik
qiluvchi
sabablar va xususiyatlar, ya’ni yashashdan maqsadning yo‘qligi,
tashabbussizlik, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonmaslik qoralanadi.
Hozirgi vaqtda islom ma’rifatchilari ilgari surgan quyidagi g‘oya
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda, ya’ni inson, agar u savodsiz va bilimsiz
bo‘lsa, erkin ham, mas’ul ham bo‘la olmaydi.
Ehson va ixlos kabi
fazilatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, haqiqiy musulmon bergan
ahdiga vafodor bo‘lishi, vaqtni qadrlashi, hayot va mehnatda muayyan
yutuqlarga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi
lozim.
Qur’on va sunnadan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
– mehnat qilish jamiyat a’zosining burchidir;
– islom davlati mehnat qobiliyatiga ega har
bir fuqaroga mos
keladigan ish berishi lozim;
– mehnatkashlar o‘z mehnatiga munosib haq to‘lanishini va
me’yordagi ish sharoitini ta’minlashni talab qilishga haqlidirlar.
Islomda
mehnat boyliklarni taqsimlashning bosh omili va xususiy
mulkning asosiy manbai hisoblanadi. Alloh taoloning kalomi shudir:
Dostları ilə paylaş: