157
Shaxsiy maqom borasida musulmon huquqi umuman an’anaviy tusda
amal qilib kelmoqda. Bu sudlov tamoyillariga, 1975-yilda qonunlar bilan
mustahkamlangan jarayonga ham taalluqlidir. Basharti, Saudiya
Arabistonida musulmon huquqi hech qachon huquqning manbai sifatidagi
imtiyozli mavqeini yo‘qotmagan bo‘lsa-da, Eronda esa u yetakchi o‘rinni
faqat shoh tuzumi qulatilganidan so‘ng, respublika rahbariyatining
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, xullas, barcha jabhalarini, hatto
fuqarolarning shaxsiy manfaatlari sohalarini ham islomlashtirishga
qaratilgan siyosati tufayli egalladi. Mazkur fikrni tasdiqlash uchun
nafaqat huquqiy, balki axloqiy, jumladan, musulmonlarga kiyim-kechak,
bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlari to‘g‘risida belgilangan normalarni
buzganliklari uchun ba’zida ayovsiz jazolar tizimi joriy qilinganini eslash
kifoyadir. Mavjud tuzumga salbiy munosabatlari tufayli tahdid
uyg‘otayotganlar ta’qib ostiga olinadi. Bundan tashqari, 1981-yilning
aprelidan qasos to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi, u musulmon huquqida
jinoiy jazolarning murosasiz tizimini nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash
zarurki, Eron va Saudiya Arabistonida musulmon nazorati va nozirlik
«hisba»si degan maxsus muassasalar faoliyat ko‘rsatib, ular tijorat,
jamoat yoki axloq qoidalarini buzganlik uchun jazo tayinlash vazifasini
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: