170
Islom iqtisodiy tizimi mehnatkashning o‘zi yaratgan boylikka egalik
qilish huquqiga egaligini nazarda tutadi, bundan mulk huquqi kelib
chiqadi. Huquqshunoslar fikricha, yer yuzasida yotgan, ishlov berish
uchun katta kuch-g‘ayrat talab qilinmaydigan tabiiy resurslarni
hech kim
o‘zining mulki, deb hisoblashi va o‘zlashtirib olishi mumkin emas. Faqat
mehnat qilish, bu resurslarga ishlov berish mulk huquqini, ya’ni boylikka
egalik qilish huquqini beradi.
Yer ostidagi foydali qazilmalarga kelsak, Alloh hukmiga ko‘ra,
kishilar ularga nisbatan muayyan huquqlarga ega, chunki ularni topish,
qazib olish va foydalanishga tayyorlash uchun muayyan kuch-g‘ayrat
sarflash talab etiladi. Bu odamlarni tabiiy resurslarga ishlov berishga,
ishlab chiqarish unumdorligini
oshirish va rivojlantirishga, ya’ni Alloh
taolo mukofot evaziga inson zimmasiga yuklagan muhim vazifalarni
bajarishga rag‘batlantiradi.
Qur’onda shunday deyilgan:
«...U sizlarni yerdan paydo qilib, unga
joylashtirdi» («Hud» surasi, 64-oyat).
Alloh taolo insonga yerni obod qilish, uning boyliklarini tadqiq etish
va ulardan foydalanishni topshirgan.
Islom qonuni xo‘jasiz (egasiz) yerga ishlov bergan yoki uni obod
etgan har qanday odamni
uning haqiqiy egasi, deb hisoblaydi. Jamoa
rahbari davlatning barcha vositalaridan foydalangan holda, mumkin qadar
yerlarni ko‘proq o‘zlashtirish, ularni obod etish choralarini ko‘rishi lozim.
Bu pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi va ishlab
chiqarishning o‘sishiga xizmat qiladi. Zero, davlatning ravnaq topgani
ko‘p jihatdan uning fuqarolari farovonligi bilan belgilanadi. Yalpi milliy
mahsulot esa, ma’lumki, ayrim ishlab chiqaruvchilar, ya’ni barcha
fuqarolar ishlab chiqargan mahsulot yig‘indisidan tarkib topadi.
Islom foydalanishga berilgan yerga mulk huquqini egasi unga amalda
ishlov bergan, ya’ni undan odamlar uchun foydali bo‘lgan biror-bir ish
uchun
foydalangan, chunonchi hosil yetishtirgan, uy qurgan va hokazo
holdagina tan oladi. Faqat shu shartning bajarilishi yerga xususiy mulk
huquqi uchun qonuniy asos bo‘ladi.
Islom mehnat qobiliyatiga ega odamlardan Alloh ularga yuborgan
tirikchilik manbaini izlab, dunyoning to‘rt tomoniga tarqalishni talab
qiladi. Qur’onda shunday deyilgan:
«U (Alloh) sizlar uchun Yerni xokisor
– bo‘ysunuvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayr-
sayohat qilib, yo tijorat bilan yoki dehqonchilikni kasb qilib)
yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning
huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir» («Mulk» surasi, 15-oyat).
171
Islom insonlarga o‘z mehnatining mahsuliga egalik qilish huquqini
beradi. Bu tamoyilni bajarish musulmon jamoasida boyliklarni
taqsimlashning bosh negizi hisoblanadi. Biroq jamiyatning barcha
a’zolari ham rizqni o‘z mehnati bilan topib yemaydi. O‘zini ta’minlay
olmaydigan, yordamga muhtoj ojiz odamlar ham bor. Bular, masalan,
yetimlar, bevalar, qariyalar, bedavo kasallikka chalinganlar, nogironlar,
ruhiy kasallar va hokazo.
Ayni vaqtda,
mehnat qilishni xohlaydigan, lekin ish topa olmayotgan
yoki tirikchilik manbai bo‘lmagan odamlar ham bor. Ayrimlar shu qadar
kam ishlab topadiki, mablag‘lari ularning tirikchiligiga yetmaydi.
Jamiyatning bunday a’zolari umumiy boylikdan o‘z ulushini olmaydi.
Shu bois ehtiyojlari va o‘zini ta’minlashga qodir emasligini hisobga olib,
islom ular Alloh taolo Qur’onda belgilab qo‘ygan zakotdan mablag‘
olishlarini nazarda tutadi.
Kimlar zakot to‘lashlari, u nimalarga sarflanishi, qaysi mol-mulkdan
to‘lanishi, mulkning har xil turlaridan qancha miqdorda undirilishi,
qachon va qanday to‘lanishi hamda taqsimlanishi payg‘ambar sunnasida
aniq tushuntirib berilgan.
Zakot – xayr-ehson to‘lash insonlarni Alloh
taqdirlaydigan fazilatli
musulmonlar bilan bir qatorga qo‘yadi. Musulmonlarning Qur’onida
shunday deyilgan:
«U namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga)
ato etadigan va oxiratga aniq ishonadigan, chiroyli amal qilguvchi zotlar
uchun rahbar – yo‘lboshchi va rahmat bo‘lgan (Kitob)dir» («Luqmon»
surasi, 3–4-oyatlar).
Insonning turar joy yoki boshpanaga ega bo‘lish huquqi islomda
quyidagicha tavsiflanadi:
1) islom musulmon davlatida yashovchi har bir insonning uni
qanoatlantiruvchi turar joyga ega bo‘lish huquqini tasdiqlaydi va agar
inson o‘zini turar joy bilan ta’minlashga qodir bo‘lmasa, bu vazifani
davlatga yuklaydi. Islom musulmon davlatining har bir fuqarosiga uni
yog‘ingarchiliklardan himoya qiladigan, shaxsiy hayotiga begonalarning
aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan tegishli turar joy berilishini nazarda
tutadi. Islom davlat har bir fuqarosini turar joy bilan ta’minlashi shart,
deb hisoblaydi. Bunda mablag‘lar budjetdan, ya’ni zakot jamg‘armasidan
va budjetdagi boshqa manbalardan ham olinishi mumkin.
Agar bu
xarajatlar budjetga og‘irlik qilsa, hukmdor boy fuqarolarga qo‘shimcha
soliqlar soladi, shuningdek ortiqcha turar joyga ega bo‘lganlarga
boshpanadan mahrum musulmonlarga mo‘tadil haq evaziga boshpana
berish majburiyatini yuklaydi;
172
2) islom turar joy daxlsizligi huquqini tasdiqlaydi, u muayyan
shaxsning uyiga uning ruxsatisiz bostirib kirishni, bunday harakatlarni
bajarayotgan shaxsning jamiyatdagi mavqeidan qat’i nazar, taqiqlaydi.
Musulmonlarning Qur’onida shunday deyilgan:
«Ey mo‘minlar, o‘z
uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga
salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.
Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar». «Endi agar u (uylarda) hech kimni
topmasangizlar, u holda, to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz!
Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni kirishga izn berilmasa), qaytib
ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan
amallaringizni bilguvchidir» («Nur» surasi 27–28 oyatlar);
3) musulmon huquqi hukmiga ko‘ra, biror odam birovning uyiga
uning ruxsatisiz kirishi mumkin emas. Faqihlarning fikricha, jamiyatda
inson hayoti, uning obro‘si va mulkini hurmat qilish
muqaddas va daxlsiz
hisoblanmas ekan, bunday jamiyatni ma’rifatli deb sanash mumkin emas.
Islomda inson va boshqa jonzotlarning huquqlariga nisbatan odilona va
universal yondashuv mavjudligini Qur’onning quyidagi oyati ham
tasdiqlaydi:
«Qasamki, biz o‘z payg‘ambarlarimizni aniq hujjat –
mo‘jizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar
adolatni barpo qilishlari uchun mezon-tarozi tushirdik. Yana biz temirni
tushirdik-yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar
bordir. Alloh g‘aybda (bandalari ko‘ziga ko‘rinmasdan) turgan holida
O‘ziga va payg‘ambarlariga yordam beradigan kishilarni bilish uchun
(temirni yaratdi). Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» («Hadid» surasi, 25-
oyat).
Dostları ilə paylaş: