Turindagi Misr san’ati muzeyi
Turindagi San-Karlo maydonida bebaho eksponatlarining kolleksiyalari bilan mashhur Misr muzeyi joylashgan. Muzey juda ulug‘vor bo‘lib, madaniy va tarixiy o‘rinda o‘zining birinchiligini Qohira muzeyiga bo‘shatib berishi mumkin. Misr muzeyida 30 000 dan ortiq turli xildagi eksponatlar saqlanadi: xo‘jalik buyumlari, zebu ziynatlar va buyuk misr sivilizatsiyasiga oid artefaktlar bor. Muzeyning ichida rekonstruksiya yordamida, zamonaviy insonga huddi ularni ichkaridan tomosha qilayotgandek hissini beradigan, qadimiy Misrning ko‘rinishi yaratilgan.
Muzey buyumlarining to‘planishi, muzey binosining qurilishidan oldin boshlangan. 1730-yilda Sardin qiroli Karl Emmanuel III ning qo‘liga Izidaehromimehrobiningtaxtachasi(tablichka) tushib qo-ladi va Misrga ayonlari orasidan Vitalino Donati ismli olimni, yana boshqa qadim misr qoldiqlarini topib kelish uchun jo‘natadi. Key-inchalik, Turin kolleksiyalaridagi papiruslar ustida ishlayotgan olim Shampalon ierogliflarni yechishga erishganini e’lon qiladi va Yevro-pada egiptomaniya to'lqini ko‘tariladi.
Muzeyga 1824-yilda asos solingan. Shu vaqtda sirli Misr shah-riga katta qiziqishi va san’atga chuqur muhabbati bo'lgan Karlo Alberto di Svoyya, Fransiya general elchisi tomonidan taqdim etil-gan Misr kolleksiyasiga ega bo'lgan. Kolleksiya dengiz bo‘ylab Genuyaga borgan, keyin quruqlik bo'ylab ozgina sayohatdan so‘ng Turinga yetib kelgan. Ma’lum kattalikka ega bo'lgan haykallarni maxsus, otlar bilan egarlangan g‘ildiraklarga o'rnatilgan platforma-larda tashishgan. Kolleksiyalarning keyingilari turli xildagi savdo-sotiq yo‘llari bilan toildirilgan: alohida shaxslardan, auksionlarda, an-tikvardo‘konlardan.
1894-yil Misrga arxeologik ekspeditsiyani uyushtirgan Ernesto Skyaparelli Misr muzeyining direktori etib tayinlandi. Bu Italiya ta-rixida 1903-yildan to 1920-yilgacha bo‘lgan davrda, muzey mu-ta-xassislari faoliyatidagi birinchi ekspeditsiya bo‘ldi. Muzey shu уiliar davomida 17 000 ta eksponatga ega bo‘ldi. Arxeologik va ta-rixiy zarvaraqalarida muhim o'nnda me’mor Kxa va uning turmush o‘rtog‘i Meritning topilmasi bo‘ldi. Yana bitta qiziqarli eksponat ser-qoya Ellisey ehromi – 1967-yil muzey kolleksiyasini boyitdi. Ehrom er. aw. XV asrda Faraon Tutmos III ning boshqaruvi, yangi shohlik davrida qurilgan. Bu bebaho me’mony va tarixiy obida Misr hokimi-yati tomonidan qadimiy Nubiy sivilizatsiyasining merosini qo'nqlash va minnatdorchilik belgisi sifatida taqdim etilgan.
Sues kanalining qunlishi davrida, ehromga Assuan platinasi xavf sola boshladi, to‘plangan suv miqdori katta miqdordagi ajoyib qadimiy qunlmalarning saqlanib qolinishiga xavf soldi. Shunda Italiya hozirgi vaqtgacha hech qayerda eshitilmagan aksiyani o‘tkazdi – “Qutqaruv” YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida Qadimiy Misr-ning 24 ta ajoyib me’mony obidalari saqlab qolindi. Bir qismi shahar-ning turli xavfsiz tumanlanga ko‘chirilda, bir qismi esa turli shahar muzeylanga jo‘natildi. Masalan, Diobod ehromi Madndda, Dendur ehromi esa AQSH da. Turindagi Misr muzeyining masshtabli va ma-hobatli haykalli zallarida e.a. XIII asrda paydo bo‘lgan sfinksining 2 la boshpanasi, shuningdek, butun qora granit palaxsasidan ishlangan faraon Ramzes II ning haykali topilgan. Ikkinchi qavatda mumiyalar, mumiyolashda ishlatiladigan asbob-uskunalarning kolleksiyalari va liatto mashhur Murdalar Kitobidan tortib haqiqiy papiruslar saqlanadi.
Eng qiziqarli va bilim orttirishga ahamiyatli ekspozitsiya – Misr amaldorining “Abadiy dunyosi”ga olib ketmoqchi bo‘lgan, shax-siy buyumlar to‘plamidir. Arxeologlar qabr ichidan tilla buyumlar, turli asboblar, idish-tovoqlar va hatto ovqat zaxiralanni topishgan.
Turindagi kolleksiyalar ro‘yxatini davom ettirish mumkin, lekin hozirda ular qandaydir ma’noda qadrsizlandi va unutilish xavfi ostida turibdi. Muzey mavjudligining ko‘p yillik davrida uning asbob-usku-nalari eskirib ketdi, vitrinalardagi, eksponatlardagi ayrim ma’lumotlar, oxirgi tekshiruvlardagi ma’lumotlar bilan to‘g‘ri kelmaydi. Oxirgi bir necha yilda muzeyga tashrif buyuruvchilar soni ham birmuncha ka-maydi3.
Dostları ilə paylaş: |