Italiya muzeylari



Yüklə 33,43 Kb.
səhifə1/6
tarix05.04.2022
ölçüsü33,43 Kb.
#54768
  1   2   3   4   5   6
ITALIYA MUZEYLARI


ITALIYA MUZEYLARI
REJA:
KIRISH

1. Florensiya.San-Markomuzeyi.

2. Milan.

3. Neapol.

4. Venetsiya.

5. Florensiya. Uffitsi galereyasi.

6. Turindagi Yegipet muzeyi.

7. Aksel Munteuy-muzeyi.



XULOSA

ADABIYOTLAR
KIRISH
Muzey tushunchasi ilk bor XV asrda kirib kelgan. Muzey atamasi birinchi bor Medichilar kolleksiyasiga nisbatan qoillanilgan. Hozirgi kunda muzey so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib, bu ter-minga olimlar turlicha yondoshadi. XX-XXI asr insoniyatga yangi tipdagi muzeylarni nafaqat ekspozitsiyasi balki, o‘ziga xos atrof-muhit, turli madaniy jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, ochiq osmon ostidagi muzey-larning asosini an’anaviy kolleksiya emas, balki o‘zining atrof-muhitida taqdim etiladigan xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil etadi. Muzeylarning tashkil etilishidan maqsad, madaniy-tarixiy yodgorliklarni targ‘ib qilish va ularni o‘rganish ish-lariniolibboradi.

Italiya Respublikasi – Yevropaning janubidagi, O‘rta yer dengizi markazida joylashgan davlat hisoblanadi. Shimoli-g'arbda – Fransi-ya, shimolda – Shveytsariya va Avstriya, shimoli-sharqda – Slovani-ya mamlakatlari bilan chegaradosh. Mamlakat Apennin yarim oroli, Padan tekisligi, Janubiy Alp tog‘larini, Sitsiliya, Sardiniya va bir qator mayda orollarni egallab turadi. G‘arbda Liguriy va Tirrens dengizlari, sharqda -Adriatika dengizi, janubda esa – Ionik va O‘rta Yer dengizi suvlari yuvib turadi. Mamlakatda, harakatdagi Vezuviy va Etna vulqonlari mavjud bo‘lib, yer qimirlashlar ko‘p bo‘lib tura­di. Iqlimi – mo‘tadil O‘rta Yer dengizli. Asosiy daryolari: Po, Arno va Tibr, ko‘llari esa: – Garda, Lago Italiya 16 hudud (viloyat) va 5 avtonom tumanlarga bo‘lingan. Avtonom viloyatlarda o‘zining par-lamentlari – o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan mahalliy viloyat kengashlari va hukumatlari – djuntalari mavjud.

Aholisi va dini. Aholining – 94% italiyaliklar. Shuningdek, Italiya-da Yevropaning boshqa mamlakatlaridan chiqqan ko‘pchilik xalqlarn-ing 99% i istiqomat qiladi. Davlat tili – italiyan tili. Dini: katoliklar.

Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, hozirgi Italiya hududlariga – itali­yaliklar qabilasi ko‘chib keladi. Ba’zi vaqtdan so‘ng illiriyliklar, so‘ng taxminan 900-800-yillarda – etrus qabilalari va nihoyat, VIII asrdan boshlab – asosan Appenin yarim orolining janubiy qismi va Sitsiliyaga kelib joylashgan – yunonlar paydo bo‘lishgan. Italiyaning haqiqiy tarixi – Rim va rimliklarning qudrati kuchayib ketishidan boshlanadi. 395-yili Rim imperiyasi g‘arbiy va sharqiy (Vizan-tiya) qismlarga ajralib ketadi. 1922-yil Benito Mussolini fashistik davlatni barpo etadi. 1946-yilning iyun oyida Italiya qiroli taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etadi. 1947-yili Italiya – Respublika deb e’lon qilinadi. Tinchlik bitimiga ko‘ra, mamlakat o‘z hududi va Bolqondagi barcha mustamlakalardan mahrum bo‘ladi. Triest shahri BMTning erkin zonasi uchun ajratib beriladi. 1949-yili Itali­ya NATOga a’zo bo‘ldi. 1964-yili – Triest shahri Italiya Respublikasi bilan birlashib ketadi. 1983-1986-yillar Italiya hukumatining “qotil jamoalar” va mafiyaga qarshi jadal suratdagi harakatlari boshlangan davr. Italiya – BMT, uning maxsus tashkilotlari, NATO, Yevropa Ittifoqi, OBSE, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti a’zosi hisoblanadi.

Ma’lumki, Italiyada muzeylar soni juda ko‘p va ularning ham-masi haqida ma’lumot berish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Lekin ayrim muzeylar borki, ularni ziyorat qilish va bilish shart.
Florensiya. San-Marko muzeyi

San-Markomuzeyi 1869-yilda ochilgan. U 1866-yilda davlat mulki-ga aylangan qadirngi ayollar monastiri binosida joylashgan. Arxitektor tomonidan yaratilgan xonalar Fro Beato Anjeliko (1395 – 1455) asar-lari bilan bezatilgan. U monaxlarni alohida va birdamlikdagi ibodatida hamrohlik qiluvchi, juda g‘aroyib rassomchilik siklini ishlab chiqqan.



Milan

Milan o‘zining muzeylarida saqlanayotgan ajoyib va beqiyos san’at asarlari bilan g‘ururlanishga haqli. Shahardagi eng mashhur muzey – Pinakoteka Brera. Galereyada yirik va katta ahamiyatga ega bo‘lgan rassomchilik kolleksiyasi taqdim etilgan: XV asr lombard maktabi-ning rassomchiligi, “Isoni cho‘qintrish” – Paolo Veroneze, “Madonna go‘dak bilan” – Berganonedan, XV-XVI asrlar lombard va pemont rassomchiligi, XV-XVI asr Venetsiya rassomchiligi, Rafael-ning “Bibi Maryam nikoh marosimi” asarlari. Sforsk qasrining muzeyi – antik davr haykaltaroshligining kolleksiyasi, shuningdek, o‘rta asr va Uyg‘onish davri san’ati taqdim etilgan. Ambroziana kutubxonasi -Leonardo da Vinchi marvaridlarini (asarlarining) o‘zida mujassam et-gan asarlar qo‘yilgan. Zamonaviy san’atshunoslik galereyasi va shunga o‘xshash muzeylar Milan shahrida juda ko‘p»1.



Neapol.

O‘zining takrorlanmas qadim grek va rim kolleksiyalari bilan Ne-apolning milliy arxeologik muzeyi dunyodagi madaniyat markazlari orasida alohida o‘rin egallaydi. Birinchi qavatda antik davr haykallariga bag‘ishlangan, qavatdagi 40 ta yoki undan ko‘p zallarning 15 ta-sida ko‘pgina shedevrlar joylashgan. Afina, Afrodita, shuningdek, eng mashhur “Dorifor” (“Kapenosets” kamon tashuvchi) haykallari alo-hida qiziqishni uyg‘otadi. Eng hayratomuzlari “Farnezlik Gerkules” va “Farnezlik Buqa” – bizgacha yetib kelgan eng katta antik davr haykaltaroshlik kompozitsiyasi hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi qa-vat bo‘shliqlari Pompeyning afsonaviy mozaikalari bilan bezatilgan; o‘ngda Neapol tarixi bilan bog‘liq eksponatlar qo‘yilgan. Ikkinchi qa-vatda ko'p sonli Neapol xazinalari mavjud. Pompey va Gerkulanuma freskalari bilan bezatilgan zal va ichida haqiqiy ehromdagi narsalar va san’at asarlari joylashgan, Pompeydagi Izida ehromining qisman tiklangan zallarini ziyorat qilish eng qiziqarlisi.




Yüklə 33,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin