Italiya muzeylari



Yüklə 33,43 Kb.
səhifə3/6
tarix05.04.2022
ölçüsü33,43 Kb.
#54768
1   2   3   4   5   6
ITALIYA MUZEYLARI

Florensiya. Uffitsi galereyasi

Uffitsi galereyasi – Italiyaning nafaqat 1560-yilda asos solingan eng qadimiy muzeyi hisoblanadi, shuningdek, XIII asrning Italiya mil-liy maktabining boshlanishidan to asrlardagi Italiya rassomchiligi uzoq va yirik ko‘tarilishlardan so‘ng, yiqilishlarga ko‘nika boshlagan payti – XVIII asr asarlarigacha, dunyodagi italiya rassomchiligining yirik jamlanmasi hamdir. Uffitsida saqlanayotgan Italiya Uyg‘onish davrin-ing jamlanmasi o‘zining to‘la mukammalligi bilan beqiyos hisobla­nadi. Djotto, Fro Beato Andjeliko, Bottichelli, Rafael, Leonardo da Vinchi, Filippo Lippi, Mantenya, Pero della Francheska, Karavadjo, Titsian – barcha Apennada yorqin nur sochgan, rassomchilikning yirik titanlari mana shu ajoyib muzeyda shedevrlar qatorida taqdim etilgan. Bu muzeyda butun boshli Italiya san’ati tarixini o‘rganish mumkin.

1560-yil 23-martda hozirda Uffitsi galereyasi – Italiya tilidan tarjima qilinganda “kanselyariya” yoki oddiygina “xizmat” degan ma’noni bildiradi, – joylashgan bino, magistrlar binosining qurilishi boshlandi. Franchesko Medichi 1581-yil bu binoni muzeyga aylan-tiradi. Muzey sifatida ommaviy e’tiborni Uffitssi galereyasi XVIII asrda erishdi. Rassom va arxitektor -Djordjo Vazari qo‘l ostida mag­istrlar binosi-ning loyihasi ishlab chiqilgan.

Medichi avlodi (bir necha yuz yildan bari taxtni boshqarib kela-yotgan) o‘zining ilk kolleksiyasi bilan mashhur Florensiya muzeyiga boshlang‘ich qadamni qo‘yib bergan. Uffitssi galereyasi Uyg‘onish davrining ko‘pgina ko‘rinarli shedevrlarini saqlab kelmoqda. Lekin ko‘pgina vaqtdan beri va hozirgacha Sandro Bottichelli (1445-1510) ning asarlari muzeyning tashrif qog‘ozi bo‘lib kelmoqda. Uni omad-siz zargar va “Xudodan berilgan” rassom va san’atshunos sifatida bil-ishadi. Eng asosiysi, Renessans muzeyi, Uyg‘onish davri an’analari va gotika uslubida ishlagan ustalarning asarlarini omma e’tiboriga havolaetadi.

Ko‘pgina kartinalar buyuk Bottichelli qalamiga mansub, bizning davrimizgacha yetib kelganlari, injildagi his-tuyg‘ularni aks ettirgan bo‘lib (injildagi sahnalarni aks ettirgan), ustaga Kvatrochento kabi unutilmas, go‘zal qilib tasvirlagan antik avliyolar obrazi mashhurlik keltirdi. Hattoki, Bottichellining, bizning davrimizgacha yetib kel-gan, ko‘pgina kartinalarida injil sahnalari va qahramonlari aks ettiril-gan bo‘lsa-da, buyuk rassomni Rimning antik avliyolari tasvirlangan Kvatrochento mashhur qildi.

Sandro Bottichelli mashhur rassom bo‘lgan va ko‘pgina beqiyos kartinalar yaratgan. U Buyuk Lorensoning qo‘l ostidagi rassomlari-dan biri edi. Uni Sikstin IV kapellaning ichki devorlarini freskalar bilan bezash uchun Rimga taklif etgan. Keyinroq rassom Savo narola boshchiligidagi Papa va Medichiga qarshi bo‘lganlar safiga qo‘shiladi.


Lekin bu kolleksiya yillar davomida bir maqsadda to'plangan. Kolek-siya, bir so‘z bilan aytganda, “ijodiy yaratuvchilik” namoyandalari-rting “hurmat taxtachasi” hisoblanadi.

Bu qadimiy va zamonaviy mohir rassomlar portretlarining qadrli kolleksiyasiga, mashhur Medichi oilasining oxirgi vakili kardinal Leopoldo Medichi XVII asrda asos solgan. Kardinal nafaqat san’atni qadrlovchi bo‘lgan, balki o‘z davrida ilm bilan ham shug‘illangan.

Avtoportretlar kolleksiyalarini to‘play boshlaganda, Avliyo Luka Rim Akademiyasidan ana shu janrdagi ko‘pgina asarlar kolleksiya-sini sotib olgan (Evangel Lukani san’atni qadrlovchi va saqlovchi si-fatida qadrlashgan, hattoki unga Bibi Maryamning birinchi tasvirini olib kelib berishgan). U qadimiy rassomlarning avtoportretlarini so­tib olayotganda, zamonaviy rassomlarni ham unutmagan. Mashhur /amondosh rassomlarning avtoportretlari ham uning kolleksiyasini to‘ldirgan. Keyingi avlod ham galereya to‘g‘risida qayg‘urishgan. XVIII asrda gersog Petro-Leopold kolleksiya uchun Abbat Patsiin-ing kartinalar to‘plamini sotib oldi. Shunga qaramay, rassomlarning o‘zlari kartinalar manbasi bo'lib qoldilar. Ba’zan ularning o‘zlari avtoportretlarini jo‘natar edilar, odatda, galereya egalari buyurtma qilishar edi. Bunday buyurtma olish juda obro‘li edi, chunki muallif tarixningbirqismigaaylanaredi.

Asarlari ana shu mashhur to‘plamda mavjud bo‘lgan, rassomlar ro‘yxati bir nechta sahifalarga uzayib ketgan. Dyurer, Rembrand, Ru­bens, Velaskes kabi dohiylar tug‘ilgan ismlar oldida, XVHI asrning san’ati kabi Bushe singari noma’lum ismlar ko‘p. Lekin jus ismlari alohida e’tiborni tortadi: Ayvazovskiy, Kiprenskiy, Kustodiyev, Iva-novvabosfcqalar.

1819-yil Florensiya rassomchilik Akademiyasidan birinchi bora r us rassomiga Uffitsi galereyasi uchun avtoportretga buyurtma tushdi. Bu rassom Orest Kiprenskiy edi. Yana 12 yildan so‘ng bunday sharaf Karl Bryullovga berilgan. Lekin u nima uchundir ishiga sovuqqon-lik bilan qaradi va ishini tugallamadi. Hozirda ana shu portret Peterburgdagi muzeyda saqlanadi. 1874-yil kolleksiya o‘z davrining mashhur rassomi bo‘lgan Ivan Konstatinovich Ayvazovskiy avto-portretibilanto‘ldirildi.


Yüklə 33,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin