Ishlab chiqarish - tovarlar va xizmatlar yaratiladi
Taqsimlash -yaratilgan tovar (xizmat)lar hududiy birliklar, tarmoqlar, sohalar hamda resurs egalari o‘rtasida taqsimlanadi
Ayriboshlash -turli xil bozorlarda tovar (xizmat)lar pul vositasida ayriboshlanib, ishlab chiqaruvchidan iste'molchi qo‘liga o‘tadi.
Iste'mol -tovar (xizmat)lar pirovard foydalaniladi, ya'ni ular shaxsiy va unumli iste'mol qilinadi
INFRATUZILMA TURLARI:
INFRATUZILMA — bu ishlab chiqarish va ayirboshlashni me'yorida amalga oshirish hamda kishilarning turmush kechirishining umumiy shart-sharoitlarini tashkil qiluvchi sohalar.
INFRATUZILMA TURLARI:
ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta'minoti, transport, aloqa, yo‘llar, boshqalardir.
ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta'lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
bozor infratuzilmasi -tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).
qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi
IQTISODIYOTNING ASOSIY MUAMMOSI — bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir
iqtisodiy resurslar mikdorini ko‘paytirish
resurslar unumdorligini oshirish
resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash
ehtiyojlarini cheklash
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakillari uni boylik to‘g‘risidagi fan deb hisoblaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, nimani o‘rganadi? – degan savolning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda va hozirgi davrda turli fikrlar bildirib kelinmoqda.