Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy sohaning roli oshib bormoqda. Ijtimoiy
sohaning ustun darajada rivojlanib borishi ijtimoiy sohada band bo`lganlar ulushining oshib
borishi bunga misol bo`la oladi.
Jamiyat rivojlanishida inson omilining roli muhim bo`lib, u doim oshib boradi.
Iqtisodiy
o`sishda ilmni va so`gliqni ta`sirini o`sib borishi haqida jahon bankining 1998G’1999 yillar uchun
«Rivojlanishda ilmning xissasi»(«Znanie na slujbe razvitiya») nomli hisobotida to`xtalib o`tiladi.
Xodimlarning ma`lumoti, malakasining oshishi YaIM da ushbu omillar hisobiga o`sish ulushida
namoyn bo`ladi. Masalan, Amerika iqtisodchisi ye.Denisov taxminiga ko`ra 1929-1982 yillarda
milliy daromad o`sishining 14% ma`lumot, malakani oshirish hisobiga 21% mehnat
ugumdorligining o`sishi hisobiga erishilgan.
Ishchilar malakasining o`sishi – mehnat unumdorligini
oshirishning muhim manbaidir,
biroq ishlab chiqaruvchi so`gli`gini mustaxkamlash esa xodimlarning kasalliklari tufayli
unumdorlikning pasayishiga va kasallik davri uchun nafaqalar to`lash bo`yicha xarajatlarning
qisqarishi olib keladi.
Bu Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutiga hulosa chiqarishga asos bo`ldi,
ya`ni «mamlakatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy sohaga qilingan xarajatlar bilan to``gridan-
to``gri bo`gliqlikda»
9
.
G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan 33-
50% tashkil etadi. Masalan, bu ko`rsatkich 2001 yilda: AQSh – 31,9% ni, Bubk Britaniyada –
39,7% ni, Germaniyada – 46,5% ni, Italiyada – 47,2% ni, Frantsiyada – 52,1% ni, Shvetsiyada –
59,7% ni, yeX mamlakatlarida – 46,1% ni tashkil etdi
10
.
Bundan byudjet xarajatlarining salkam yarmi va undan oshi`gi davlat tomonidan ijtimoiy-
madaniy maqsadlarda foydalaniladi.
Rivojlangan davlatning asosiy byudjet xarajatlarini ijtimoiy-madaniy
xarajatlar tashkil
etadi. Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy xarajatlarini asosini ta`lim, so`gliqni saqlash, ijtimoiy
to`lovlar, ya`ni pensiya, nafaqalar to`lovlari tashkil etadi. Masalan, 1999 yilda 1990 yilga nisbatan
aholini katta yoshdagilariga ta`lim berishning o`rtacha yili quyidagicha oshdi: Italiyada 5,5 yildan
13,5 yilgacha, Yaponiyada 9,9 yildan 17 yilgacha, AQSh da 11,3 yildan 19,6 yilgacha.
Shu tarzda XX asrning ikkinchi yarmida umumiy tendentsiyaning rivojlanishi, ya`ni
ijtimoiy sohaning rivojlanishida, inson omiliga qo`yilmalarning o`sishida va bular orqali ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishda davlatning roli oshib bordi.
Bu sohadagi murakkab va asosiy muammolardan biri –
bu vazifalarni chegaralash, ya`ni
ko`proq maqsadga muvofiq bo`ladigan qaysi vazifalarni davlatdaga berish va qaysilarini mustaqil
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda qoldirish.
Davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy himoya xarajatlari asosiy rolni egallaydi. MDH va
G‘arb mamlakatlarida ushbu xarajatlarni taqqoslashda `garb statistikasida shu guruh xarajatlariga
ijtimoiy transfertlardan tashqari so`gliqni saqlash xarajatlari ham qo`shilishini hisobga olish zarur.
Bu holatda nodavlat mulkchilik shaklidagi xo`jalik organlari resurslari hisobiga ijtimoiy
himoya xarajatlarining katta qismini moliyalashtirish ko`rinishlariga ega bo`lish lozim.
Dostları ilə paylaş: