- O`zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy
va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish
1
.
Ushbu ustuvor yo`nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Banklar va
bank faoliyati to``grisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi
amalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki bo`lib, uning zimmasiga boshqa
rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo`lgan vazifalar yuklatildi.
Sobiq
tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-qurilish
banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida pulga bo`lgan talab va taklifni, xususan, pul
massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq
bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valyuta siyosati kabi
bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qo`llanmoqda.
“O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to``grisida”gi
Qonunda monetar
siyosatning: ochiq bozordagi operatsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy
bankning operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning
qayta moliyaviy ta`minlash kabi vositalari qayd etilgan.
Pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga bo`lgan talab va taklifni
tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. O`z navbatida,
ushbu
vositalar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi. Bevosita vositalar – Markaziy bank tomonidan
tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat
bo`lgan ma`muriy usullardir. Bilvosita vositalar esa – Markaziy bank va tijorat banklari o`rtasida
ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya`ni bozor orqali pulga bo`lgan talab va taklifni o`zgartirish,
muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning to`lovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir.
Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun
kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi ma`muriy usul va choralar kiradi.
Ular bir qator
kamchiliklarga ega bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos kelmaydi. Xususan, ular har bir
bankka nisbatan qo`llanuvchi yakka tartibdagi nazorat qilish chorasi bo`lib, moliya bozorida
raqobatni bo``gib qo`yadi, moliya sohasining rivojlanishini susaytiradi va banklarning moliyaviy
vositachilik rolini pasaytiradi. Shuningdek, bir qator banklar ustidan nazoratning o`rnatilishi
natijasida alohida tarmoq va hududlarda kreditlashtirish samarasini pasaytiradi,
katta miqdordagi
moliyaviy mabla`glarning nazorat qilib bo`lmaydigan sohaga, ya`ni xufiyona iqtisodiyotga yoki
xorijga chiqib ketishiga olib keladi.
Bilvosita vositalarga - ochiq bozordagi operatsiyalar (davlatning va Markaziy bankning
qimmatli qo`gozlarini birlamchi bozorlarda sotish), ikkilamchi bozordagi operatsiyalar (bevosita
oldi-sotdi yoki REPO operatsiyalari), qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira talablari, valyuta
siyosati, kredit auktsionlari, valyuta svoplari, veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi, lombard
yoki overdraft mexanizmlari va boshqalar kiradi. Ular bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi va
bevosita vositalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Markaziy bankka pul-kredit
siyosati samaradorligini oshirish, pul massasi, moliya bozorini samarali tartibga solish, davlatning
kreditni taqsimlash va pul-kredit orqali boshqarish jarayonlariga aralashuvini kamaytirish, moliya
bozorining rivojlanishi va kengayishiga, banklarning vositachilik rolini oshirish, kapital qo`yilma
va moliyaviy jam`garmalar hajmining ko`payishiga qo`shimcha qulayliklar yaratadi.
Markaziy bank o`zining va davlatning qimmatli qo`gozlarini,
xorijiy valyutalarni erkin
sotish va sotib olish, mabla`glarni depozitlarga jalb qilish va qaytarish, majburiy zaxira talablari
me`yorini va qayta moliyalash stavkasini o`zgartirish orqali banklarning moliyaviy holatiga ta`sir
qiladi (9.3.1-jadval).
Markaziy bank yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muomaladagi
ortiqcha pul massasi hajmini iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan miqdorgacha kamaytiradi. Pul
massasining kamayishi hisobiga inflyatsiya darajasi pasayadi va milliy valyuta kursining
1
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 1995 й. 21-22-
бетлар.