Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

12.1.4-chizma 
Mehnat bozori amal qilishi mexanizmining komponentlari
1
 
 
 
Ammo ish haqi miqdori o`sganda ishchi kuchi taklifi ham ko`payadi. Aksincha holatda 
ishchi kuchi taklifi kamayadi. 
Bozor muvozanati ishchi kuchiga bo`lgan talab va uning taklifi ma`lum muvozanatli ish haqi 
darajasida miqdor va tarkib jihatidan bir-birlariga muvofiq (teng) bo`lganlarida yuzaga keladi. 
Davlat mehnat bozorini iqtisodiy va ma`muriy vositalar, dastaklar yordamida tartibga solib 
turadi (10.4.5-chizma). 
10.4.5-chizma 
Hududiy mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo`nalishlari
1
 
1
Муаллиф томонидан тузилган. 
1
Обидов О.О. Меҳнат бозори ва унинг шаклланиши // Аграр соҳада ислоҳотларни янада чуқурлаштириш 
муаммолари ва ечимлари. –Т., “Меҳнат”, 2002. 157-бет. 
Mehnat bоzоri mexanizmi
Ishchi kuchiga talab
Ishchi kuchi bоzоri 
Ishchi kuchi taklifi
Ishchi kuchi qiymati
Raqоbat
Meҳnat bоzоrini tartiblashning asоsiy yo`nalishlari
Ishchi kuchiga bo`lgan talabni 
shakllantirish 
Yangi ish o`rinlarini yaratish, 
mavjudlarini saqlash 
Ijtimоiy himоyaga muhtоj ahоli uchun 
ish o`rinlarini ajratish
Jamоat ishlarini tashkil etish 
Tadbirkоrlik, оilaviy biznesni qo`llab-
quvvatlash 
Ishchi kuchiga taklifni shakllantirish 
Ishchi kuchi sifatini оshirish, kasbga 
yo`naltirish, o`qitish 
Mehnat bоzоri infratuzilmasini 
rivоjlantirish, ishga jоylashishga 
ko`maklashish 
Mehnatga haq to`lash, qulay mehnat 
sharоitlarini yaratish 
Ishsizlarni mоddiy jihatdan qo`llab-
quvvatlash, nafaqalar, mоddiy yordam, 
ishchi kuchiga talabni shakllantirish 
Ishsizlik darajasini kamaytirish va bandlikning оqilоna tarkibini 
shakllantirish


Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo`nalishlar bo`yicha 
amalga oshiriladi: 
- ishga yollashning minimal standartlarini qonuniy belgilash; 
- ish vaqtining uzunligi, ish haqi, boshqa to`lov va imtiyozlar; 
- mehnat sharoiti va xavfsizligini ta`minlash sohasidagi norma (me`yor)larni qonuniy 
belgilash; 
- shaxslarni ma`lum turdagi mehnat faoliyati bilan shu`gullanishlariga qonuniy ruxsat berish 
va cheklash; 
- ish beruvchi va xodimlarning faoliyatini fuqarolik huquqi hamda mehnat qonunchiligi 
asosida tartibga solish. 
O`zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta`minlash strategiyasi 
quyidagilarni amalga oshirishni ko`zda tutadi: 
- fuqarolarning mehnat qilish, tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat sohasi va turini hamda kasbni 
tanlash erkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlash; 
- mehnat faoliyati motivatsiyasining kuchli mexanizmini joriy etish, aholi iqtisodiy faolligini 
oshirish uchun sharoitlar yaratish
- amalda mehnat bozorini shakllantirish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari va 
faoliyat sohalari bo`yicha erkin taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun sharoitlar yaratish
1

Davlat mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi darajasiga hamda mehnat, ya`ni 
ishchi kuchi bozoriga faol yoki passiv ta`sir ko`rsatadi. Passiv ta`sir choralariga ishsizlik bo`yicha 
turli nafaqa va to`lovlar kiradi. Mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirishning asosiy 
choralar tadbiri esa quyidagilar: 
- ish izlovchilarni ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish; 
- ishlovchi va ishsizlarni o`qitish, kasbga qayta tayyorlash; 
- bevosita ish joylarini yaratish; 
- doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish; 
- tadbirkorlikni, shu jumladan, o`z korxonalarini, ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi 
bo`lgan ishsizlarni qo`llab-quvvatlash; 
- jamoat ishlarini tashkil etish
1

Ushbu umumqabul qilingan vazifalarni amalga oshirish uchun O`zbekistonda 1992 yil 31 
yanvarda “Aholini ish bilan ta`minlash to``grisida” Qonun qabul qilingan bo`lib, unga 1993-1995 
yillar davomida qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan edi. 1996-1998 yillarda qabul 
qilingan Mehnat kodeksi, “Ta`lim to``grisida”gi, “Fermer xo`jaligi to``grisida”gi, “Dehqon 
xo`jaligi to``grisida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiqlashtirish maqsadida 
1998 yil 1 mayda ushbu Qonun yangi tahrirda qabul qilingan. 
Bugungi kunda O`zbekistonning deyarli barcha xududlarida ishchi kuchi ortiqchaligi mavjud 
va ishchi kuchi bozorida taklif talabdan yuqoridir. Shu bois ishlashni xohlovchilarning mehnat 
bozorida erkin harakat qilishlari va mustaqil ish bilan ta`minlanishlari uchun davlat fuqarolarga bir 
qancha kafolatlarni nazarda tutadi. Ya`ni davlat: 
- ish bilan ta`minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; 
- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini 
`gayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanish
- maqbul ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish; 
- har kimga kasbga va ishga ega bo`lishda, mehnat qilish va ish bilan ta`minlanish shart-
sharoitlari, mehnatga haq to`lash, xizmat po`gonasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar 
yaratish; 
- yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlari yoki ularning 
yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarida stipendiya to`lab malakasini oshirish
1
Доклад о человеческом развитии. Узбекистан 1997 г. –Т., 1998. – С 55-56. 
1
Рынок труда и социальная политика в Центральной и Восточной Европе. / Переходный период и дальнейшее 
развитие. Под ред. Николоса Бара. –М.: ИКЦ «Дис» 1997. – С. 223-234.


- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to`lash; 
- haq to`lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish 
imkoniyatini kafolatlaydi. 
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator yo`nalishlar mavjud 
bo`lib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat 
bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko`rsatish samaradorligini 
oshirishdan iborat. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin