Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja



Yüklə 55,53 Kb.
səhifə1/8
tarix21.12.2023
ölçüsü55,53 Kb.
#188370
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis-fayllar.org



Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati

REJA:





  1. Biznesni qo‘llab quvvatlashning jahon tajribasi.

  2. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlashning davlat mexanizmi .

  3. Moliya - kredit vositasida qo'llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta'minot.



1. Biznesni qo‘llab quvvatlashning jahon tajribasi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul vositaga aylantirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek: "Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'zining iqtisodiyotimizdagi o'ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta'siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo'nalish o'rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o'rin egallaydi".
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa.
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor qaratishimiz darkor.
YUrtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor yildan-yilga oshib bormoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqtsa.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqargapga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida"gi № PQ-916-sonli Qarorining qabul qilinishi va uning asosida "O'rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi"ning ishlab chiqilishi muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 52,5 foizdan ko'prog’i kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab c hiqarilayotganiga qaramay, yuqori texnologik jarayonlarni talab etadigan sanoat tarmog’idagi (19,6 %) va eksportdagi (13,4 %) ulushi kichik biznesning mavjud salohiyati darajasida emas1. Mazkur soha va tarmoqlarda kichik biznes taraqqiyotini ta'minlash, umuman, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini barqaror rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida innovatsion jarayonlarni faollashtirish, ayniqsa, kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rag’batlantirish yuqori samara beradi.
Kichik biznes sub'ektlarida yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga yuqori tavakkalchiliklarsiz joriy etish, yangi ishlab chiqarish kuvvatlarini barpo etib, undan samarali foydalanish jarayoni yirik korxonalarga nisbatan tezroq ro'yobga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" bo'yicha kabul qilinadigan davlat dasturida asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida yuqori texnologiyalarni talab etadigan iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologayalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berishga aloxdtsa e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatib o`tildi .
Hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosan savdo-sotiq, xizmat va aloqa sohasida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ko'proq rivoj topmoqda.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi va raqobat muhiti kuchayib borishi, mahsulotlar hayotiylik davri keskin qisqarishi, bozor kon'yunkturasi va iste'molchilar ehtiyojlari tez o'zgarishi jarayonlari bugungi kunda har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqgisodyy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Bu esa ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va samarali boshqarishni talab etmoqda.
Xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar kichik biznes sub'ektlarining o'sib borayotgan talab va ehtiyojlarini to'liq qondirish orqali ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantarishda etakchi kuchga aylanishi zarur.
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish yo'liga o'tishda kichik va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish quyidagi yo'nalishlar orqali amalga oshirilipsh maqsadga muvofiq:

  • ishlab chiqarishda innovatsiya va nanotexnologiyalarni ko'llash;

  • muqobil energiya turlaridan foydalanish, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish;

  • farmakologiya va farmatsevtika sohasi salohiyatidan foydalanish;

  • ishlab chiqarishda biotexnologiyalarni qo'llash;

  • kam suv talab qiladigan texnologayalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • qishloq xo'jaligi ekinlari yangi serhosil navlarini, mahsuldor chorva mollari turlarini yaratish;

  • sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash va h.k.

Agar biz zamonaviy, ilg’or va tejamkor texologiyalardan foydalanishga hamda tovarlarning yuqori sifati va iste'mol xususiyatlarini ta'minlashga xizmat qiladigan shshovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish tizimini joriy etsak, bu sohaga yoshlarni jalb qilgan hodda aholimizning ichki ehtiyojlarini ta'minlash bilan birga eksportga xizmat qiladigan raqobatbardosh, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada ko'chaytirishga erishishimiz mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini innovatsion asosda rivojlantirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:

Yüklə 55,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin