Gollandiya. Bu mamlakatda KO'K ni qo'llab-quvvatlash uchun ko'pgina tashkilotlar mavjud:
KO'K uchun golland kengashi;
KO'K masalalari bo'yicha tadqiqotlar va konsalting;
KO'K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi;
ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatiari bo'yicha ish beruvchilar va xodimlaming hamkorligini ta’minlaydilar;
savdo palatasi konsalting xizmatlari ko'rsatadi;
KO'K instituti ishchi-xizmatchilami o'qitish, maslahat berish bilan shug'ullanadi;
o'qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam ko'rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan;
ikkita oliy o'quv yurti KO'K uchun mutaxassislami tayyorlaydi;
kechqurunlari qatnash mumkin bo'lgan ko'pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o'qishlari mumkin.
Fransiya. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadi - bandlikning ko'payishi va raqobatbardoshlikning o'sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to'g'ridan-to'g'ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy to'siqlami kamaytirish, soliqlami kamaytirish va boshqalar. Fransiyada KO'K ni qo'llab-quvvatlash bo'yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan:
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mamlakatlarda qo'llaniladigan kichik biznesni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy ko'rinishda bayon qilingan. Yordamning ayrim yo'nalishlarini aniqroq o'rganish va O'zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bo'lar edi.
2. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quyyatlashning davlat mexanizmi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish jamg'armasi (Biznes-fond) eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Jamg'arma byudjetidan ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulkni xususiylashtirishdan tushgan mablag'larda o'z faoliyatidan kelgan daromadlardan xususiy va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, kimmatbaxo qog'ozlar chiqarish va joylashtirishdan tushgan daromadlardan iborat pul mablag'larini jamlash yuli bilan kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni mablag' bilan ta'minlaydi.