4)
iqtisodiyotda
demokratik
harakatlarning
to`sib
qo`yilishi.
Monopolistlar
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to`sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo`lgan korxonalarni
o`zlariga bo`ysundirishlari, jamiyatga o`z ishchilarining mehnatiga
pasaytirilgan miqdorda haq
to`lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o`ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari
(yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o`z mahsulotini iste`mol qilishga bilvosita usul orqali
majburlash kabi o`zlarining kamsituvchi shartlarini ko`ndalang qo`yishlari mumkin.
2. O`ZBEKISTONDA TABIIY MONOPOLIYa SUB`EKTLARI FAOLIYaTINI
NAZORAT QILISh USULLARI
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo`llashidan maqsad
quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo`lgan monopol holatini suiiste`mol
qilishini oldini olish;
- iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- jamiyat manfaatlari yo`lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo`llab-
quvvatlash.
Ushbu maqsadlarga erishish iqtisodiyotda joriy etilgan tartibga solish usullarining qanchalik
samarali ishlashini hamda har qanday davlatda qabul qilingan nazorat qilish mexanizmlarining
optimal tashkil etilganligiga bog`liq.
O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning
bir qator usullarini qo`llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O`zbekiston Respublikasi
«Tabiiy monopoliyalar to`g`risida»gi qonunning 9-moddasida belgilangan bo`lib, «tabiiy
monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga
qarshi davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi».
O`zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu –
O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash
davlat qo`mitasi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi faoliyatlari ustidan
nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini yoki foydalanish
huquqini qo`lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati
tabiiy monopoliya sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa);
2) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini
yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo`jalik yurituvchi boshqa sub`ektga
o`tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya
sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa);
3) iste`molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi bo`yicha
shartnomalarga rioya
etilishi ustidan;
4) tovarlar narxini chiqarish hamda narxlar (tariflar)ni qo`llash tartibiga rioya etish ustidan;
5) tabiiy monopoliya sub`ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi
ustidan.
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub`ektlarining
har bir qiladigan
ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat olish yo`li bilan amalga oshirilib turiladi. Ya`ni,
yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, agar tabiiy monopoliya sub`ektlari o`zining o`n foizdan ortiq
balans qiymatiga ega bo`lgan asosiy vositalarini tasarruf etish yuzasidan tuziladigan bitimlari,
yoxud ularni egalik qilish bilan bog`liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi davlat
organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga oshirishga rozilik so`rab iltimosnoma
taqdim
etishi shart, deb belgilab qo`yilgan.
Agar bunday harakatlar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan muvofiq emas deb
topilsa, rad etilishi ham qonunda o`z aksini topgan.
Bunday nazoratning o`rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi kompaniyalar monopol
mavqeining yanada oshib ketishi, mutlaq
hukmronligiga olib kelishi, iste`molchilarning haq-
huquqlariga ziyon keltirishi xavfini kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin.
O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlariga nisbatan o`rnatilgan bunday
nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy monopoliya sub`ektlarining o`z ustun
mavqeini suiiste`mol qilishlarini oldini olishga, belgilangan narxlarni asossiz oshirishlarini oldini
olishga, iste`molchi manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi
ularning ustun mavqeni qattiq boshqarib turishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: