Industriyalashtirish –
mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga o`tkazish, iqtisodiyotda
sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli darajada ko`paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning
alohida tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni.
Sekulyarlashtirish –
davlat va jamiyat boshqaruvini din ta`siridan holi qilish jarayoni.
Urbanizatsiya –
jamiyat taraqqiyotida shaharlar rolini oshirish jarayoni. Urbanizatsiya
jarayoni shahar aholisining tabiiy o`sishi, qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng
shahar oldi hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan shahar joylariga
migratsiyasi hisobiga ro`y beradi.
Dostları ilə paylaş: