Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – ikki turdagi – ishtirokchilari bevosita davlatlardan iborat
hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va
firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqalar kiruvchi nohukumat tashkilotlari.
Jahon banki – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o`zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Xalqaro valyuta jamg`armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.
Osiyo taraqqiyot banki – Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasiga bevosita qarzlar berish hamda
texnik jihatdan ko`maklashish orqali mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti o`sishini rag`batlantirish
maqsadida 1966 yilda tashkil etilgan bank.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o`rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy
aloqalarni yagona xo`jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
Jahon bozori kon`yunkturasi - j ahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari.
Tashqi qarz –
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi.