1.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari. Ularning rivojlanish bosqichlari. Iqtisodiyot o`zini-o`zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida
iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm bo`ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga
solish zarurati va uni bozor bilan uy`gunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo`lish
mumkin: 1. Ikkinchi jahon urushiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shart-
sharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin
raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yo`l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo`li
bilan xo`jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga
solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit …).
Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy
rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish
faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega
bo`lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar
doirasida xalqaro darajadagi o`rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo`yicha davlat faoliyatlarini
tavsiflaydi. (EI, O`IXT va b. ).
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi
uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o`rta muddatli umumdavlat
dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo`lgan yo`li bosib o`tildi.
Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol ta`sir etuvchi yagona va
asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o`zgarishlarga qulay
sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga
zaruriy elementi sifatida qaraladi.
Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi - 1.
Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish; 2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish; 3.
Iqtisodiy o`sishning barqaror darajasini ta`minlash; 4. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni
boshqarish; 5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta`minlash; 6. Ekologik va demografik muammolarni xal etish
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi turli uslublar bilan amalga oshiriladi.
Ulardan: iqtisodiy, qonuniy-ma`muriy va sudlov. Ushbu uslublar turli vositalardan foydalangan
holda turli usullar orqali amalga oshiriladi. U umumiy ko`rinishda 1-chizmada keltirilgan.