Davlat tomonidan tartibga solish turlari: mutloq davlat monopoliyasi (sobiq ittifoq va
boshqa davlatlar) va iqtisodiy erkinlik darajalari, ya`ni bu darajalar o`rtasida
bir qator oraliq
ko`rinishlari mavjud bo`ladi (Xitoyda bozor sotsializmi, Germaniya va Avstriyada ijtimoiy
yo`naltirilgan
bozor iqtisodiyoti, Shvedtsiya aralash iqtisodiyot modeli va h.k.).
Ta`kidlab o`tilgan davlat tomonidan tartibga solish usullari to``gri va egri usullarga
bo`linadi. To``gri usullarga: davlat subsidiyasi,
davlat tadbirkorligi, iqtisodiyotni davlat
boshqaruvi tizimi taaluqlidir. Egri usullarga: soliq, jarima, kvotalar, bojxona bojlari va boshqalar
taaluqlidir.
Indikativ rejalashtirish va davlat dasturlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning muhim shakli hisoblanadi.
1.3. Iqtisodiyotning davlat sektori va uning butun iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli.
Davlat sektori – bu mulk egasi davlat bo`lgan ja`mi korxonalar va tashkilotlar majmuidir.
Uning bir qismi milliylashtirishdan va ikkinchi qismi esa davlat mabla`glari hisobidan shakllanadi.
Kapital talab etuvchi yangi tarmoqlarni yaratish (kosmik sanoat ishlab chiqarish va boshqalar)
hisobiga iqtisodiyotning davlat sektori oshib boradi.
Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarishida davlat sektori ulushi turlicha bo`lib, u
asosiy kapitalning 2% dan 50% gachasini tashkil etadi. MDX davlatlarida
bozor iqtisodiyotiga
o`tish va iqtisodiyotni isloh qilishdan so`ng davlat sektori ulushi sezilarli darajada qisqardi. Misol
uchun: Rossiya Federatsiyasi sanoatida davlat sektori ulushi 5%dan kamni tashkil etdi,
O`zbekiston Respublikasida – 30%.
Davlat sektori ishlab chiqarish maqsadlariga ko`ra nodavlat sektoridan farqlanadi. Ishlab
chiqarishdan asosiy pirovard maqsad
- bu foyda olish, lekin davlat sektorining asosiy maqsadi –
bu investitsiyani, bandlikni tartibga solish, nodavlat sektoriga yordam ko`rsatish
va ijtimoiy
jarayonlarni tartibga solish hisoblanadi. Davlat sektori maqsadlari milliy iqtisodiyot
manfaatlaridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga
oshirish uchun soliqqa tartish va yi`gimlar yo`li bilan davlat byudjeti resurslari
tashkil etiladi va
davlat sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish –
bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat iqtisodiyotii rivojlantirishdir.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi bozor mexanizmi bilan uzluksiz
bo`glangan. Bundan hulosa qilsak, «Samarasiz davlat boshqaruvi
bilan iqtisodiy barqaror
rivojlanib bo`lmaganidek, ijtimoiy rivojlanib ham bo`lmaydi». Bu borada taniqli iqtisodchi
P.Samuel son shunday deydi – «Iqtisodiyotni u yoki bu mexanizmisiz boshqarish – bu bir qo`lda
qarsak cholish bilan barobardir»
2
.
Dostları ilə paylaş: