Ikkinchidan
,
boshqaruvni nomarkazlashtirish, ayrim vazifalarni esa hududiy boshqaruv
bo``ginlariga keng ko`lamda topshirish, ortiqcha ma`muriy vertikal tuzilmalarni tugatish zarur.
Barcha darajadagi hokimliklarning islohotlarni amalga oshirish,
joylardagi ishlarning ahvoli,
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlik muammolarini yechish hamda aholi
turmushini farovonlashtirish borasidagi mas`uliyatini kuchaytirish lozim.
Uchinchidan
, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, ayrim tarmoq va hududiy
boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish,
birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodiyotni
boshqarish tuzilmalarining samaradorligini ta`minlash. Bugungi kunda nafaqat ayrim bo``ginlarni,
balki qilinayotgan sarf-xarajatlarni deyarli oqlamayotgan ayrim idoralarni ham saqlab qolish qay
darajada maqsadga muvofiq, degan masalani qayta ko`rib chiqish payti keldi.
To`rtinchidan
, boshqaruv tizimining samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko`tarish. Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish sifatini
sezilarli darajada oshirish, ularning ijrosi
ustidan ta`sirchan nazorat mexanizmini joriy etish zarur.
Vazirlik va xo`jalik birlashmalarining mavjud boshqaruv shakli, usul va metodlarini
ma`muriy-buyruqbozlikdan
xalos qilish, ularning korxonalar xo`jalik faoliyatiga aralashib,
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy mustaqilligini cheklashiga yo`l qo`ymaslik uchun
tegishli chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Beshinchidan
, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
keraksiz hisobotlarni va qo`gozbozlikni qisqartirish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-
bosqich modernizatsiya qilish hisobidan uning samaradorligini oshirish.
Ma`muriy islohotlarni amalga oshirishda oldimizga qo`yilayotgan
eng asosiy vazifa,
birinchidan, davlat, jamoat va xo`jalik sub`ektlarini boshqarishning butun tizimini
demokratlashtirish va erkinlashtirishni ta`minlash, ikkinchidan esa, ularni mamlakatni isloh va
modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichi talablariga mos holatga keltirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: