Ikkinchidan, O`zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo`lga kiritish uchun mashinasozlik,
shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan
elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi
davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo`ladi.
Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat
zimmasiga yuklanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlarni
moliyalashtiradi.
Davlat o`z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda
ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo`lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush
darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalarning samarali ishlashiga, xalq xo`jaligi
tarmoqlarining ma`lum nisbatlarini shakllantirishga ta`sir ko`rsatadi.
Davlat o`ziga qarashli korxonalarni ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy
shaxslarga sotish, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish yo`li bilan aralash mulkni
shakllantirish orqali iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga,
rentabelligining oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib
olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asrning buyuk
iqtisodchilaridan biri bo`lgan Jon Keyns bu vositani “iqtisodiyotni tetiklantiradi” deb
ta`kidlagan. Ushbu o`rinda savol tu`giladi. Xo`sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi?
Davlat, birinchidan, o`ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun
xom ashyo, asbob-uskunalar; ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan
ta`minlash; uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar,
kamba`gallar hamda ko`p bolali oilalar, yol`giz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida
iste`mol tovarlari va xizmatlar bilan ta`minlash; to`rtinchidan, harbiy anjomlar, qurol-
yaro`glar armiya uchun lozim bo`lgan iste`mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish,
beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish
maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori
shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o`ynaydi. Bu bozor kafolatli bo`lib, uning
to`lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orqali ta`minlanadi. Har qanday bozor
kon`yunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan
korxonalar bozori kasod bo`lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda
kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: