7. Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik vazifasi va davlatning narx va inflyatsiyaga qarshi siyosatlari Narx va qiymatning zamonaviy nazariyasi - mehnatning qiymati va qiymatni qayta
taqsimlash nazariyasining sintezi sifatida. Mehnatning qiymati nazariyasi va qayta taqsimlangan
qiymat nazariyalarining zamonaviy nazariyadan farqi. Sobiq Sovet ittifoqi va uning
respublikalaridagi markazlashgan-rejali iqtisodiyotda narx belgilashning bozor iqtisodiyotidagi narx
belgilashdan farqi. Davlatning ijtimoiy siyosatida narx belgilashning o`rni. Bozor iqtisodiyotida
narx ko`rinishlari. Narx va uning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Narxning regulyatorlik vazifasi
va uning bozor iqtisodiyotini tartiblashdagi ahamiyati. Davlatning narx siyosatining maqsad va
vazifalari. Davlat narx siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari vavositalari. yevropa Ittifoqi
mamlakatlari, Yaponiya, MDH mamlakatlari va A
QSh da qishloq xo`jaligi mahsulotlarini narxini boshqarish xususiyatlari. Davlatning
inflyatsiyaga qarshi siyosatining maqsadi, usullari.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharotida
inflyatsion jarayonlarning xususiyatlari va uni oldini olish choralari.
8.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning byudjet-soliq siyosati vositalari. Davlat byudjeti – davlat moliya fondining asosi va iqtisodiyotni davlat tomonidan
boshqarishning muxim shakli sifatida. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat byudjeti va YaIM
mutanosibligi davlat iqtisodiy salohiyatini ko`rsatuvchi ko`rsatkich sifatida. Davlatning byudjet
siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami, mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida davlat
byudjeti resurslarining taqsimlanishi iqtisodiyotni davlat boshqaruvi ko`rsatkichi sifatida.
O`zbekiston davlat byudjeti va uning shakllanishi va taqsimlanishining xususiyatlari. Soliq va uning
vazifalari. Soliq va iqtisodiy o`sish. Davlatning fiskal siyosati. Soliq imtiyozlari alohida ishlab
chiqarish turlarini ra`gbatlantirish vositasi sifatida. Soliq imtiyozlarining asosiy ko`rinishlari: soliq
krediti, tezlashtirilgan amortizatsiya, tovar ishlab chiqaruvchilarni ra`gbatlantirish, chet el
investitsiyalarini jalb qiluvchi imtiyozlar, ba`zi ishlab chiqarish ko`rinishlarini soliqlardan ozod
qilish. O`zbekistonda soliq tizimini yanada takomillashtirish va uning ra`gbatlantiruvchilik rolini
kuchaytirish yo`llari.