Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri boshqa ko`pgina davlatlarga
nisbatan bir muncha yumshoq bo`layotganini hayotning o`zi tasdiqlamoqda. Bunga sabab
O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli asosida
mamlakatimizda amalga oshirilgan tub o`zgarishlar milliy iqtisodiyotimizning
barqaror va
mutanosib rivojlanishini tashqi salbiy holatlarga, turli inqirozlarga bardoshli bo`lishini ta`minladi.
Shu boisdan ham Prezident I.A.Karimov: “Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan,
mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish
modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to``gri va puxta ekanini
isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz yetarli. Birinchi navbatda,
iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo`lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o`z ifodasini
topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o`z
zimmasiga olishi,
qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich
va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar – ayniqsa, dunyoda avj olib borayotgan
moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o`zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor
ko`rsatmoqda”
1
, - deb ta`kidlagan.
O`zbekistonda ushbu siyosat orqali moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi,
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining
barqaror hamda uzluksiz
ishlashini ta`minlash uchun asos yaratilgan..
O`zbekistonda qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el
investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etish tamoyiliga doimo
amal qilib kelinganligi tufayli ham respublikaning tashqi qarzi 13,3% miqdorida bo`ldi.
Vaholanki, ko`plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o`ylanmagan siyosati ularning
iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga
solib qo`yganini ko`rish, kuzatish qiyin emasligini Yurtboshimiz o`zining asarida asoslab berdi.
O`zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini
oldini olish va
yumshatish imkonini beradigan omillar quyidagilardan iborat:
•
Tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashish darajasini oshirishga qaratilgan
siyosatning 2005 yildan boshlab izchillik bilan amalga oshirilganligi.
•
Puxta o`ylangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida inflyatsiyaning
prognoz ko`rsatkichlari chegarasida saqlab qolinayotganligi.
•
Oqilona byudjet-soliq siyosatining olib borilganligi natijasida Davlat byudjeti profitsit
bilan bajarilmoqda, soliq yukining pasayib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
•
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o`zgarishlarni
amalga oshirishga muvaffaq
bo`linganligi.
•
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorining barqaror
o`sish sur`atiga ega bo`layotganligi.
•
Mamlakat tashqi qarzining mo``tadil darajasini ta`minlashga muvaffaq bo`linganligi.
•
Fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan katta miqdorda moddiy
va moliyaviy resurslar ajratilayotganligi.
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 2009-2012
yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O`zbekistonni 2009 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishi bo`lib qoladi.
Inqirozga qarshi dasturning eng muhim yo`nalishlari quyidagilardan iborat.
Dostları ilə paylaş: