Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy
notengliklarning sabablari o‘rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining
turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;
- mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi;
- mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining
ko‘payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o‘z navbatida bozorning torayishiga olib keladi.
Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy
rivojlanishini qiyinlashtiradi;
- u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi
texnologik rivojlanish
bosqichi (xomashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar);
- mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari,
sanoat maydonlari,
telekommunikatsiya tizimlari va h.k. bilan ta’minlanishi;
- ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning
mavjudligi va h.k.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital
qo‘yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo‘nalishda olib
borilmoqda:
Birinchi yo‘nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma
obektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat
bevosita ishlab chiqarishga
aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy
sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo‘llar,
elektr tarmoqlari,
gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda
tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi
punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha
muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Ikkinchi yo‘nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar,
xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo‘llash (ma’muriy yoki moliyaviy
cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga
yangi sanoat korxonalarini
joylashtirishga chek qo‘yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul
dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan
keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini
joylashtirishning
oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini
rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo‘nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida
xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag‘batlantirishahri. Mazkur yo‘nalish iqtisodiyotning
turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor
beriladigan asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: