Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishini



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

15.3 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishini 
rag’batlantirish va qo’llab – quvvatlash tizimi. 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni engillashtirish 
va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, 
zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar 
natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy 
investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. 
Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e’tirof 
etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 
«Biznes yuritish — 2020» hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va 
samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. 
SHu bilan birga, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar 
sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to‘liq xabardor emasligini, 
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli darajada ortda 
qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik 
to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng erkinlik 
berish borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining 
joylarda to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: 
1. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar 


hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi hamda «Xususiy mulkni 
himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga so‘zsiz 
rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirilsin. 
Belgilansinki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan 
ob’ektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari 
yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar 
tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi 
hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xususiy mulkni himoya qilish va 
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan 
nazoratni kuchaytirsin, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib 
chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor 
shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlasin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Zokirov), Energetika vazirligi (Sultanov), 
Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullaev), Markaziy 
banki (Nurmuratov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) rahbarlariga qurilish uchun 
ruxsatnomalar berish, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, 
kredit berish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni hal etish yo‘nalishlaridagi islohotlarning amaliyotga 
tatbiq etilishi etarli emasligi natijasida «Biznes yuritish» yillik hisoboti tegishli indikatorlari 
bo‘yicha mamlakatning reytingdagi o‘rni pastligicha qolayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin. 
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazirlik va idoralarning har birida sohada amalga 
oshirilayotgan islohotlarni joylardagi ijrochilarga etkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilsin. 
Mazkur ishchi guruhlar zimmasiga islohotlarning mazmun-mohiyatini joylardagi 
ijrochilarga etkazish va tushuntirish, qonun hujjatlarini noto‘g‘ri qo‘llash amaliyotini bartaraf 
etish, joylarda tadbirkorlarning fikrini muntazam ravishda o‘rganib borish, tegishli organ 
tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularga 
sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar 
tayyorlash vazifalari yuklansin. 
Ishchi guruhlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakunlari bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritib borsin. 
3. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 
a) 2020 yil 1 fevraldan boshlab: 
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish 
xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar «YAgona darcha» bojxona axborot tizimi orqali 
rasmiylashtiriladi. Bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari «YAgona 
darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilinadi; 
fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish 
uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan 
xarajatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda 
belgilanadi; 
yuridik shaxslar tomonidan da’vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy 
sudga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi; 
b) 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini 
elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik sub’ektining xohishiga 
ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda 
berilgan so‘rovnomasiga asosan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlari foydalangan elektr 
energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinadi. 
4. 2020 yil 1 yanvardan quyidagi talablar bekor qilinsin: 
tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi 
shartnomalarini taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar 
bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirib olish; 


davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan 
huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng arizani hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan er uchastkasi va 
boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotni bevosita qog‘oz ko‘rinishda 
taqdim etish; 
meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan 
tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub’ektlaridan 
to‘lov undirish. 
5. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida 
O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga doir «Yo‘l xaritasi» ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat 
vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni 
nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin: 
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xabarnoma 
yuborish tartibini bekor qilish, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan 
qurilish ob’ektlari bundan mustasno; 
ob’ektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyiha hujjatlari 
yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va qurilish ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotni davlat 
xizmatlari markazlari tomonidan bir vaqtda tadbirkorlik sub’ektlari va hududiy qurilish sohasidagi 
nazorat inspeksiyalariga ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborish; 
ob’ektlar bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lmaganda qurilish-montaj 
ishlarini boshlashni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va 
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: 
«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 
tomonidan kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bilan 
bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning muddatlarini va eng baland qiymatlarini 
belgilashni nazarda tutuvchi yagona kalkulyasiyasini tasdiqlasin; 
elektr ta’minoti tizimiga ulanish jarayonida hujjatlarni ko‘rib chiqish, kelishish va ishlarni 
amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish bo‘yicha 
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, 
Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda meva-
sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun 
zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning 
xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini nazarda 
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
9. «O‘zstandart» agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 fevralga 
qadar: 
vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va «YAgona darcha» bojxona 
axborot tizimi platformasida tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, 
veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida 
xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etishni yakunlasin; 
vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va 
ekologik nazorat o‘tkazish uchun shartnomalarni oferta shakliga o‘tkazgan holda xizmatlar uchun 
to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkonini yaratsin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi, Adliya vazirligi: 


ikki oy muddatda yuk tashuvchilar tomonidan yuk hujjatlari ma’lumotlarini o‘z ichiga 
olgan dastlabki elektron axborotni bojxona idoralariga taqdim etish tartibini joriy etish orqali 
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini tezlashtirish choralarini ko‘rsin; 
2020 yil 1 aprelga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston 
Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan katta hajmli va og‘ir vaznli 
yuklarning o‘tishi uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish jarayonlari va to‘lovlarni amalga 
oshirishni elektron shaklga o‘tkazish ishlarini yakunlasin. 
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy 
tadqiqotlar va islohotlar markazi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni 
rivojlantirish agentligi uch oy muddatda: 
litsenziyalash va ruxsatnoma berish tizimini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tanqidiy 
qayta ko‘rib chiqib, ularni zamon talablariga moslashtirish va tizimlashtirish; 
litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan 
o‘tkazib, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda ularning muqobil shakllarini, shu jumladan 
xabardor etish tartibini joriy etish yuzasidan taklif kiritsin. 
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 fevraldagi «Jahon banki va 
Xalqaro 
moliya 
korporatsiyasining 
«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston 
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4160-
son qarori bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishga tegishli vazirlik va 
idoralar rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari haqida ogohlantirilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi PF-
5635-son 
Farmoni 3-ilovasida ko‘rsatilgan 
xalqaro 
reytinglar 
indikatorlari 
bo‘yicha 
mamlakatimizning reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi yoki pasayganligidan kelib chiqib, 
vazirlik va idoralarga nisbatan rag‘batlantirish yoki jazolash choralarini qo‘llash tartibini nazarda 
tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish 
agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasi «Biznes yuritish» yillik hisobotining qurilish uchun ruxsatnomalar olish, elektr 
ta’minoti tizimiga ulanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda xalqaro savdo indikatorlari 
bo‘yicha «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti qo‘llanilishini ta’minlasin; 
jamoatchilik nazorati va «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutining qo‘llanilishi 
natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot 
kiritib borsin. 
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha «davlat 
xizmatlarining sirli mijozi» instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 
fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4210-sonli qarori talablari asosida qo‘llaniladi. 
14. Savdo-sanoat palatasi va Davlat xizmatlari agentligining Jahon banki va Xalqaro 
moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotining har bir indikatori bo‘yicha batafsil 
ma’lumotlar aks etgan maxsus portal sifatida Internet tarmog‘idagi businessinfo.uz saytidan 
foydalanish va uni doimiy yangilab borish haqidagi taklifi ma’qullansin. 
15. Davlat xizmatlari agentligi 2020 yil 1 aprelga qadar o‘zining rasmiy veb-saytida 
davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini avtomatik ravishda, shu jumladan ko‘rib chiqish 
muddatlari buzilgan arizalar va mas’ul idoralar to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni real vaqt rejimida 
aks ettiruvchi bo‘lim yaratsin. 
16. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va 
sanoat vazirligining 2020 yil mart oyida o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi 


doirasida xalqaro hamjamiyat va xorijiy investorlarni O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari 
bilan keng tanishtirish hamda respublikaning «Biznes yuritish» reytingidagi o‘rnini yanada 
yaxshilash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan alohida seksiya panelini tashkil etish 
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 
17. «Biznes yuritish» yillik hisoboti indikatorlari uchun mas’ul vazirlik va idoralar 2020 
yil 1 yanvarga qadar tegishli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, ularning amaliyotga tatbiq 
etilishini asoslovchi dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat tahliliy materiallarni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlasin. 
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va 
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-
sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga bir oy muddatda Jahon banki va 
Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotining har bir indikatori 
bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish rejasini 
tasdiqlasin va amalga oshirilishini ta’minlasin. 
19. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda qonun 
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya 
vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin