SHu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pog‘onaga o‘tkazish, 70-100
nafar xodim ishlaydigan filiallar o‘rniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari
markazlarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar
bo‘yicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini kuchaytirish
muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya to‘lash
borasida tizimli yondashuv yo‘qligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning
buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan,
katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda ko‘p miqdorda
kompensatsiya to‘lovlari kelib chiqmoqda.
Hokimliklar buziladigan binolarning o‘rnida yangi korxonalarni qurish bo‘yicha
investorlarni topib, kompensatsiya to‘lovini ularning hisobidan to‘lanishini ta’minlamayotgani
sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.
– Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman – asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga
tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-
mulkni buzish va kompensatsiya to‘lash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif
kiritish vazifasi qo‘yildi.
SHu nuqtai nazardan, tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni
sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Adliya vazirligi, Oliy sud va
Savdo-sanoat palatasiga muqobil hakamlik sudlari faoliyatini va mediatsiya institutini
kengaytirish masalalarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish
agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik ko‘rsatilgan sohani yuksaltirish bo‘yicha
davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.
Dostları ilə paylaş: