Joylashish 33-rasm bo’yicha. 1- va 2-o’yinchilar to’plarni bir vaqtda oldinga yo’llaydilar va ketidan yuguradilar. To’p tepilgan paytda 3- va 4o’yinchilar joylarini o’zgartiradilar hamda darvozaga yorib kirayotgan 1- va 2o’yinchilarga hujum qiladilar.
33-rasm.
Joylashish huddi oldingi mashqdagidek (33-rasm). 1- va 2-o’yinchilar to’plarni bir vaqtda pastdan oldinga qarab yo’llaydilar hamda sherigining to’pi ortidan diagonal bo’ylab yuguradilar. To’p tepilgan paytda 3- va 4-o’yinchilar joylarini o’zgartiradilar hamda 1- va 2-o’yinchilarning darvozaga yorib kirishlariga to’sqinlik qiladilar (34-rasm).
Joylashish huddi 1-mashqdagidek (33-rasm). 1- va 2-o’yinchilar to’pni diagonal bo’ylab tepadilar va sherigining to’pi orqasidan yuguradilar. To’p tepilgan paytda 3- va 4-o’yinchilar joylarini o’zgartiradilar hamda darvozaga yorib kirayotgan 1- va 2-o’yinchilarga hujum qiladilar (35-rasm).
34-rasm.
Joylashish 36-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi 25-30 m uzoqlikda turgan 2o’yinchiga to’pni diagonal bo’ylab havolatib otib beradi; 2-o’yinchi to’pni 3o’yinchiga yo’naltiradi, u esa to’pni havodaligida qabul qilib olgandan so’ng uni 1o’yinchiga yo’llaydi. 4-o’yinchi 1-o’yinchidan to’pni olib qo’yishga intiladi.
Mashq o’rinlarni almashtirgan holda bajariladi.
35-rasm. 36-rasm.
Joylashish 37-rasm bo’yicha. 1- va 2-o’yinchilar to’pni diagonal bo’ylab 3- va 4-o’yinchilarga yo’llaydilar. 3- va 4-o’yinchilar to’pni qabul qilib oladilar yoki havodaligida uni darvozaga yo’llaydilar.
37-rasm.
Hujumchilar
Bu mashqlarda, topshirilgan tezlik va sur’at bilan bir qatorda, raqibga halaqit qiluvchi harakatlar ma’lum bir ahamiyatga ega. Ba’zi mashqlarda yordamchi vositalarning qo’llanilishi mashqlarning to’xtovsiz bajarilishiga xizmat qiladi.
O’yinchilarning joylashishi 41-rasmda ko’rsatilgan. 1-o’yinchi 2o’yinchiga to’pni pastroq otib beradi; 2-o’yinchi to’p havodaligida uni orqaga (bosh bilan ham mumkin) otadi; 1-o’yinchi to’pni qabul qilib oladi va darvoza tomon harakatlanadi, 2-o’yinchi unga qarshilik ko’rsatadi.
Joylashish 42-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi to’pni 2-o’yinchiga pastdan tepib beradi; 2-o’yinchi to’pni yon tomonga oshiradi, 2-o’yinchi to’pga tekkan paytda 1o’yinchi darvozaga hujum uyushtiradi (to’pni egallab olishga harakat qiladi). Shu vaqtda 2-o’yinchi orqasida turgan. 3-o’yinchi 1-o’yinchiga qarshilik ko’rsatish maqsadida kurash olib boradi. Mashq o’rinlarni almashtirgan holda bajariladi.
41-rasm. 42-rasm.
O’yinchilarning joylashish 43-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi 2-o’yinchiga pastdan to’p oshiradi; 2-o’yinchi to’pga qabul qiladi va darvoza chizig’iga olib boradi. 3-o’yinchi unga hujum qiladi. Shu vaqtda 2-o’yinchi to’pni boshqa joyga o’tib olgan 1-o’yinchiga yuqoridan uzatadi, u esa to’pga havodaligida (oyoq yoki bosh bilan) zarba berib, darvozaga yo’llaydi.
43-rasm.
O’yinchilarning joylashii 44-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi 2-o’yinchiga to’p oshiradi; 2-o’yinchi, burilib, to’p havodaligida uni yon tomonga 3- va 4o’yinchilarga qaratib tepadi. 3- va 4-o’yinchilar o’z harakatlarini faqat 2-o’yinchi to’pga tekkan paytdagina boshlashlari mumkin. 3-o’yinchi (yoki 4-o’yinchi) to’pni to’xtatib, 4-o’yinchining (yoki 3-o’yinchining) oldinga chiqishi uchun uni oshiradi; 4-o’yinchi (yoki 3-o’yinchi) o’z harakatini 3-o’yinchi (yoki 4-o’yinchi) to’pni qabul qilib olgan paytda boshlaydi.
Joylashish 45-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi 2-o’yinchiga to’pni pastdan uzatadi, u esa to’pni to’xtatmay, uni oldinga (yon tomonga) 3-o’yinchiga (yoki 4o’yinchiga) yo’naltiradi. 3-o’yinchi (yoki 4-o’yinchi) joyini o’zgartirib, to’pni qabul qiladi va darvoza tomonga harakatlanadi. 1-o’yinchi ortidan 5-o’yinchi (6o’yinchi) yugurib chiqadi va unga hujum qiladi.
Joylashish 46-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi 2-o’yinchiga pastlatib to’pni uzatadi, 2-o’yinchi to’pni to’xtatmay, uni harakatlanishni boshlayotgan 3-o’yinchi tomonga yo’naltiradi.
44-rasm. 45-rasm.
3-chi o’yinchi to’pni to’xtatadi yoki havodaligida darvozaga qarab yo’llaydi.
Mashq maydonning ikkala tomonidan turib bajariladi.
46-rasm.
Oldingi mashqdagidek (46-rasm), faqat 2-o’yinchi orqasidan qarshilik ko’rsatish uchun 4-o’yinchini yugurib chiqadi.
Joylashish 47-rasm bo’yicha. 1-o’yinchi yuqoridan 2-o’yinchiga to’p uzatadi, u darhol to’pni harakat qilishni boshlayotgan 3-o’yinchiga (bosh bilan zarba berib) uzatadi. 3-o’yinchi to’pni qabul qilib olgandan so’ng uni darvoza chizig’iga olib boradi va o’z joyini o’zgartirib yetib kelgan 1-o’yinchiga oshiradi. 1-o’yinchi to’pni havodaligida darvozaga (oyoq, bosh bilan) yo’llaydi. Mashq ikkala tomondan turib bajariladi. Raqibni ham jalb qilish mumkin.
Joylashish 48-rasm bo’yicha. 1- va 2-o’yinchilar 25-30 m uzoqlikdan turib yuqoridan 3- va 4-o’yinchilarga havolatib zarbalar bilan to’plarni yo’llaydilar. 3- va 4-o’yinchilar to’p havodaligida uni bosh bilan markaz tomonga yo’naltiradilar. Birinchi zarba berilgan paytda 5- va 6-o’yinchilar harakatga tushadi, ular to’p havodaligida yoki uni to’xtatganda so’ng darvozaga zarba beradilar. Keyin mashq qarshilik ko’rsatish uchun raqibni jalb qilish bilan murakkablashtiriladi.