Itolmasov e. R


Psixofiziologik sifatlarni rivojlantirishning yosh xususiyatlari



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə5/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Futbol Maqola

Psixofiziologik sifatlarni rivojlantirishning yosh xususiyatlari


Bo’lajak futbolchilar futbol texnikasi usullari bilan tanishishlari, ularni o’rganib olishlari va kelgusida o’yin vaziyatlarida qo’llashlari lozim.
Futbol texnikasini o’rganishga kirishish uchun, birinchi navbatda, muvofiq holda ulg’aygan bo’lish zarur. Bu bilan shu narsa nazarda tutiladiki, harakatlarni egallash uchun bir xil darajada ham jismonan, ham ruhan tayyor bo’lish kerak.
Tana uzunligining ma’lum bir darajasi va qon aylanish, nafas olish hamda boshqa organlarning shu bilan bog’liq bo’lgan ishi ulg’ayganlikni anglatadi.
Bunda birinchi navbatda yosh futbolchilarning (9-11 yosh) bo’yi va vazniga emas, balki ularning ichki organlari faoliyatini ifodalovchi sifatli o’zgarishlarga e’tibor qaratiladi.
Ulg’ayish va harakatlarni o’rganish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Ba’zi malakalarni (masalan, harakat malakalarini) bola faqat ma’lum bir yoshda, u shunday harakatlarni bajarishga yetilgan paytda, egallashga qodir. Aks holda harakat tuzilmasi va organizm funktsiyalari malakasi bir-biriga qarama-qarshi bo’lib qoladi hamda harakatlarni o’zlashtirish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Buning ustiga shularning hammasi kelgusida harakatlarni o’rganish uchun salbiy sharoitlarni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, harakat usullari hamda futbol texnikasini faqat jismoniy va ruhiy ulg’ayish (yetilish) hosil bo’lgandagina o’zlashtirish mumkin.
Hozirgi zamondagi nuqtai nazar asosida aytish mumkinki, futbol texnikasiga, ongli ravishda bajariladigan harakatlarga 9-11 yoshdan boshlash uslubiy jihatdan to’g’riroq. Bunda to’g’ri rivojlanayotgan bolalar futboldagi harakatlarni o’rganish uchun zarur imkoniyatlarga egalar. Biroq bu yosh futbolchilar 9-11 yoshgacha to’p bilan shug’ullanmasliklari kerak, degani emas. Ma’lumki, eng kichik yoshdan boshlab bolalarning sevimli o’yinchog’i to’p (koptok) hisoblanadi.
Kichik yoshda bolalarni futbol texnikasi elementlariga majburan o’rgatib bo’lmaydi. Bu yoshda bolalarga ruxsat berish mumkin bo’lgan yagona narsa shuki, bolalar boshqa erkin o’ynaladigan o’yinlar bilan bir qatorda to’pning xususiyatlari bilan tanishishlari lozim, chunki bu yoshda “to’pni bola emas, to’p bolani harakatlantiradi”. U tajriba orttiradi, unda to’p bilan muomala qilish borasida minimal malakalar avtomat ravishda hosil qilinadi.
Texnikani egallash shuni anglatadiki, futbolchi uchun zarur bo’lgan harakat malakalari o’zlashtiriladi, takomillashtiriladi hamda mustahkamlanadi. Buning natijasida ularni o’yinda, to’p uchun kurashish paytida qo’llash imkoni yuzaga keladi.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin