Mavzu: Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’rgatish mеtodikasining umumiy masalalari REJA: Miqdorlarni o'rganish metodikasiga umumiy tavsifnoma
Miqdorlaming yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish
Mavzu bo'yicha talabalarning bilimi va unga bo'Igan talablar:
maktabning qaysi sinflarida matematika kursi (fani)ni bo'yicha o'quvchilar qanday miqdorlar va ularning o'lcham birliklari bilan tanishishlari lozimligini;
boshlang'ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek:
uzo`nlik, massa, hajm, vaqt va maydonlarni o'rganishda o'quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni qo'llay ola bilishi;
maqsad sari yo'naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;
miqdorlarni o'rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
o'quvchilarda o'lchash bilan bog'liq ko'nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda qo'llay olishi lozim.
Matematikada o'rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang'ich sinflarda uzo`nlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o'rganiladi. Boshlang'ich sinflarda bu miqdorlarni asosiymiqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang'ich sinf o'quvchilari ba'zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o'rganishda ularni o'lchash masalasi o'rganilmaydi.
Miqdorlarni o'rganish metodikasiga umumiy tavsifnoma
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang'ich sinflarda matematika mashg'ulotlarinig asosiy tushunchasi bo'lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o'lchov bilan bog'liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1-2-sinflarda o'quvchilar uzo`nlik, massa, (og'irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o'lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar
Mavzuni o'rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o'quvchilar o'zaro bog'liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo'lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o'ramidan bir bo'lak kesib olib, o'lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., ...20 dm kabi uzo`nliklami belgilab boramiz. Ya'ni mazkur o'lcham birligini sim uzo`nligi bo'yicha ketma ket qo'yish bilan o'lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo'yamiz.
Agar boshqa o'lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo'lsa, miqdoming raqam belgisi o'zgacha bo'lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo'yamiz. Metr o'lcham birligidan foydalansak mazkur miqdoming yana bir raqamli ko'rinishga ega bo'lamiz (2 m).
Raqam va o'lchamlar tushunchalarini o'zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo'ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilami qo'llash bilan bog'liq mashqlami shakllantirishda, aynan raqamlarn- ing (sonlarning) o'zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm. 1 m kabi mashqlami yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralami qo'llash bilan bog'liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo'shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlami qo'shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ulami o'lchash usullari o'ziga xoslikka ega bo'lsa ham, har bir miqdomi o'rganishda umumiy bosqichlami alohida ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi har bir
miqdorlami o'rganish jarayonida ana shularga tayanib, o'quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil et- ishi mumkin.
Miqdorlami o'rgatish bo'yicha metodik sxema:
Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalami aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
Bir xil nomli miqdorlami solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan).
Mazkur miqdoming o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish.
O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish.
Bir xil nomdagi miqdorlami qo'shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).
Miqdorlaming yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlami boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylantirish va aksincha.
Ikki xil nomli miqdomi qo'shish va ayrish.
Miqdorlami sonlarga ko'paytirish va bo'lish.
Turli miqdorlar haqida tasavvurlami shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko'nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o'quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o'quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O'quvchilar «Miqdor» tushun- chasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg'ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o'zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o'lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o'quvchilarda hayotiy muammolarni ko'ra bilish imkoniyattini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Bu bo'limda o'quvchilar massa (vazn, og'irlik) tushunchasi va uning o'lchovbirligi -«kilogramm»bilan tanishadilar. Bu mavzuni o'rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.Sababi, so'nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozida tortib, uning ko'rsatkichlarini «og'irlik», deb atar edilar.Vaholanki, massa va og'irlik bir xil narsa emas. Og'irlik- massaning tezlanishga ko'paytmasidan iborat bo'lgan kuchdir.Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetning og'irligi qancha?» deb emas,
«ushbu predmetning massasi qancha?» deb so'rash joiz bo'ladi. Savolning bunday shaklda qo'yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o'qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin:
Stolga ikkita bir xil rangli va o'lchamli ikkitakubikni qo'yish lozim (ularning birini yog'ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo'lmasligi kerak).O'qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo'lsa ham, ularning o'rtasida farqlar borligini tushuntirishikerak.Shunda bolalarda bufarq nimada ekanligiga qiziqish uyg'onadi.Ba'zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko'tarib ko'rishga harakat qilishadi. Shunda o'qituvchi «og'irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog'liq sifati ekanini tushintiradi.
Amaliy ishlar so'zlar yordamida ifodalanishi bilan kuzatiladi. Uzo`nliklari bo'yicha "teng", "teng emas" so'zlarining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqaroq" kabi so'zlar bilan ifodalanadi.
sinfda santimetr, metr, detsimetr, kilogramm, ... o'lchovlari o'rganiladi.
O'quvchilar sm haqida ayoniy tasawur hosil qilishlari uchun sm modelini katakli qog'oz varag'idan taydalanib tushuntiriladi o’quvchilar:
Berilgan kesmani o'lchash.
Berilgan uzo`nlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishlari kerak.
Hajm tushunchasi va uning o'lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o'lchov birligining sodda ko'rinishlari o'rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o'rganishda bir nomli ko'rsatkichdan boshqa nomli ko'rsatkichga o'tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo'shish va ayirish kabi jarayonlarbo'lmaydi.
Hajm va uning o'lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muammoli holatlardan foydalanish mumkin:
a) O'qituvchi stolida suv to'latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir xil to'latigan bo'lsa ham idishlardan bin ingichka, ikkinchisi esa yo'g'on va ikki xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.
O'qituvchi birinchi stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o'lchashni topshiradi. O'quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o'lchanadi. Bu holatda katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya'ni xulosa qilinadi.
Endi o'qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi suvni birinchi stakan bilan o'lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish o'quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o'lchash va taqqoslash uchun bitta o'lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzo`nlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar bilan o'lchashni misol keltirib, hajmni o'lchash uchun litrdan o'lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi.