IV BO'LIM.JAHON XO'JALIGIDA O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARI
MDH ning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90-yillarida bozor muno-
sabatlarining asoslari shakllandi:
• aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega ega bo‘ldi va 90-yil
larning oxiriga kelib YalM ning 50 %dan 75 % gacha boigan qismi xususiy kor
xonalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Tadbirkorlar sinfi ushbu mamlakatlarda yetakchi
ijtimoiy kuchga aylandi;
• narxlarning shakllanishi erkinlashtirildi;
• tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga oshirildi va tashqi
bozorlarning ochiqligi ta’minlandi;
• aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga moslashishga yo‘naltirilgan
qayta o‘zgarishlarni amalga oshirish boshlandi.
MDH mamlakatlarining 1991-2010-yillardagi iqtisodiy rivojlanishini
quyidagi
uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda (1991-1995) sobiq Ittifoq respublikalarida siyosiy mustaqil-
likning huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo‘-
lishdi, o‘zaro shartnomalar
imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy-iqtiso
diy, byudjet-soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar shakllantirildi.
Shu bilan birga bu davrda yagona valyutaga asoslangan yagona iqtisodiy iqti
sodiy makon barham topdi, respublikalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari buzildi,
uchinchi mamlakatlar bozoriga qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyot-
larda inqiroz holatlari kuchayib bordi. Deyarli barcha respublikalarda YalM ning
keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli yillarda ro‘y berdi. Jum
ladan, ushbu ko‘rsatkich 1990-yil darajasiga nisbatan 1995-yilda
Ozarbayjon-
da 42,1 %ni, Armanistonda 59,8 %ni, Belarusda 66,1 %ni, Gruziyada 35,8 %ni,
Qozogistonda 69,0 %ni, Qirgizistonda 55,0 %ni, Moldaviyada 48,0 %ni, Rossiyada
65,4 %ni, Tojikistonda 34 %ni, Turkmanistonda 61,0 %ni, 0 ‘zbekistonda 81,6 %ni,
Ukrainada 47,1 %ni tashkil etdi. 1
Ikkinchi bosqich (1996-2000) yangi mustaqil mamlakatlarda siyosiy suveri-
nitetning
mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib boruvchi moliyaviy-iqtisodiy
tizimning yaratilishi, uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning o‘rnati-
lishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
Bu bosqichda MDH mamlakatlari iqtisodiyoti barqarorlashdi, inflyatsiya daraja
si pasaydi. Jumladan, 2000-yilda ushbu mamlakatlarda YalM hajmi 1991-yilga nis
batan Ozarbayjonda 59,3 %ni, Armanistonda 76,9 %ni, Belarusda 89,7 %ni, Gru
ziyada 47,5 %ni, Qozogistonda 77,9 %ni, Qirgizistonda 72,0 %ni, Moldaviyada
44,0 %ni, Rossiyada 69,1 %ni, Tojikistonda 41,0 %ni, Turkmanistonda 77,0 %ni,
0 ‘zbekistonda 99,0 %ni, Ukrainada 47,3 %ni tashkil etdi. MDH mamlakatlaridan
YalM hajmi bo‘yicha 1991-yil darajasiga faqat 0 ‘zbekiston erishdi.
Uchinchi bosqichda (2001-2013) MDH ning barcha mamlakatlarida iqtisodiyot
ning mustahkamlanishi
sodir boidi, iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud
resurslardan toiiq foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish bilan bogiiq islo
hotlar amalga oshirildi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashdi.
2010-yilda Ozarbayjon, Belarus, Qozogiston, Turkmanistonda YalM hajmi 1991-
yil darajasidan oshdi.
Tahlillar MDH mamlakatlarida 2000-2013-yillarda YalM hajmi 1,9 martaga,
sanoat ishlab chiqarish 1,7 martaga, asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori esa 3,2
martaga oshganligini ko‘rsatmoqda (13.3.1-jadval).
1 Вашанов В. Распад ССР и его последствия для постсоветских республик. //Экономист, №11,
2011. С. 80.
204