13-BOB. O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARINING XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR... taxminan 26 %ni, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Polshada 35-40 %ni tashkil etsa,
Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyada 40 %dan oshadi. Shu bilan bir vaqtda byud
jet taqchilligi muammosi murakkab boiib, chuqurligicha qolmoqda. Misol uchun,
bu ko‘rsatkich 2004-2007-yillarda Chexiya va Slovakiyada YalM ga nisbatan 3 %ni,
Polshada 5 %ni, Vengriyada 6,5-10,8 %ga teng boigan. Natijada MShYe ning aksa
riyat mamlakatlarida davlat qarzi G'arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan yuqo
ri darajada saqlanib qolmoqda, jumladan, Vengriyada bu ko‘rsatkich 2006-yilda
70 %ni tashkil etdi.
Yel ning MShYe mamlakatlari hisobiga kengayishi eski va yangi a’zo mam
lakatlar soliq stavkalari (korxon foydasi va QQS) o‘rtasidagi farqlar tufayli qator
muammolar keltirib chiqardi. Yangi a’zo mamlakatlarda korxona foydasiga soli-
nadigan soliq stavkasi eski mamlakatlar stavkasiga nisbatan o‘rtacha ikki baravar
ga past hisoblanadi. Bundan tashqari, Slovakiya, Chexiya, Bolgariya kabi mam
lakatlarda soliq imtiyozlarining mavjudligi malakali, kam haq oladigan ishchi
kuchi va erkin ma’muriy choralar mintaqaga qo'shimcha xorijiy kapital kirib keli-
shini ta’minladi.
13.3. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi MDH mamlakatlari
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning ba’zilari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dara
jasi bo'yicha rivojlanayotgan mamlakatlarning yuqori guruhiga kirgan boisa, ba’
zilari rivojlangan mamlakatlarning quyi guruhiga kiradi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti
ustun darajada ichki iqtisodiy aloqalarga asoslangan yagona majmua sifatida uzoq
vaqt inqirozni o'z boshidan kechirdi.
1991-yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tashkil etildi (Rossiya
Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Moldaviya
Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Tojikiston Res
publikasi, Ukraina, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, O'zbekis
ton Respublikasi). Boltiqbo'yi respublikalari MDH ga kirishdan bosh tortdi. Gru
ziya 2009-yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi.
MDH mamlakatlarini amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning sur’atlari
va chuqurligiga ko'ra uch guruhga ajratish mumkin:
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirining «radikal» yo'lini tanlagan mamlakat
lar (Rossiya, Qirg'iziston va Qozog'iston);
• iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich yoiidan borayotgan mamlakatlar
(O'zbekiston, Turkmaniston, Belarus);
• «oraliq guruh» mamlakatlari (MDH ning boshqa barcha mamlakatlari).
«Radikallar» guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «falajli davo
lash» usulini qo'llagan mamlakatlar kiradi. «Oraliq guruh» mamlakatlariga iqti
sodiy islohotlarni «radikal» islohotlarga nisbatan sekinroq, «bosqichma-bosqich»
islohotlarga nisbatan jadalroq amalga oshirayotgan mamlakatlar guruhi kirdi. Ush
bu guruhlash shartlidir. Misol uchun, Belarusda boshqa MDH mamlakatlariga nis
batan o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy model shakllandi. Korxonalarning aksariyat qis
mi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida boiib, ular mamlakat YalM ning
taxminan 75 %ni ishlab chiqaradi. Shu bilan bir vaqtda xo'jalik yuritish mexaniz
mi bozor mezonlari bo'yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklangan, dav
lat korxonalarining o'zi hamkorlarni qidirib topadi, hamkorlik shartlari, mahsulot
narxi bo'yicha kelishadi, ishlab chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi. Mamla
katda keng qamrovli ijtimoiy kafolatlar saqlanib qolgan.