Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


-BOB. O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARINING XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

13-BOB. O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARINING XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR...
taxminan 26 %ni, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Polshada 35-40 %ni tashkil etsa, 
Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyada 40 %dan oshadi. Shu bilan bir vaqtda byud­
jet taqchilligi muammosi murakkab boiib, chuqurligicha qolmoqda. Misol uchun, 
bu ko‘rsatkich 2004-2007-yillarda Chexiya va Slovakiyada YalM ga nisbatan 3 %ni, 
Polshada 5 %ni, Vengriyada 6,5-10,8 %ga teng boigan. Natijada MShYe ning aksa­
riyat mamlakatlarida davlat qarzi G'arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan yuqo­
ri darajada saqlanib qolmoqda, jumladan, Vengriyada bu ko‘rsatkich 2006-yilda 
70 %ni tashkil etdi.
Yel ning MShYe mamlakatlari hisobiga kengayishi eski va yangi a’zo mam­
lakatlar soliq stavkalari (korxon foydasi va QQS) o‘rtasidagi farqlar tufayli qator 
muammolar keltirib chiqardi. Yangi a’zo mamlakatlarda korxona foydasiga soli- 
nadigan soliq stavkasi eski mamlakatlar stavkasiga nisbatan o‘rtacha ikki baravar­
ga past hisoblanadi. Bundan tashqari, Slovakiya, Chexiya, Bolgariya kabi mam­
lakatlarda soliq imtiyozlarining mavjudligi malakali, kam haq oladigan ishchi 
kuchi va erkin ma’muriy choralar mintaqaga qo'shimcha xorijiy kapital kirib keli- 
shini ta’minladi.
13.3. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti
O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi MDH mamlakatlari 
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning ba’zilari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dara­
jasi bo'yicha rivojlanayotgan mamlakatlarning yuqori guruhiga kirgan boisa, ba’­
zilari rivojlangan mamlakatlarning quyi guruhiga kiradi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti 
ustun darajada ichki iqtisodiy aloqalarga asoslangan yagona majmua sifatida uzoq 
vaqt inqirozni o'z boshidan kechirdi.
1991-yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tashkil etildi (Rossiya 
Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Moldaviya 
Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Tojikiston Res­
publikasi, Ukraina, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, O'zbekis­
ton Respublikasi). Boltiqbo'yi respublikalari MDH ga kirishdan bosh tortdi. Gru­
ziya 2009-yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi.
MDH mamlakatlarini amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning sur’atlari 
va chuqurligiga ko'ra uch guruhga ajratish mumkin:
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirining «radikal» yo'lini tanlagan mamlakat­
lar (Rossiya, Qirg'iziston va Qozog'iston);
• iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich yoiidan borayotgan mamlakatlar
(O'zbekiston, Turkmaniston, Belarus);
• «oraliq guruh» mamlakatlari (MDH ning boshqa barcha mamlakatlari).
«Radikallar» guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «falajli davo­
lash» usulini qo'llagan mamlakatlar kiradi. «Oraliq guruh» mamlakatlariga iqti­
sodiy islohotlarni «radikal» islohotlarga nisbatan sekinroq, «bosqichma-bosqich» 
islohotlarga nisbatan jadalroq amalga oshirayotgan mamlakatlar guruhi kirdi. Ush­
bu guruhlash shartlidir. Misol uchun, Belarusda boshqa MDH mamlakatlariga nis­
batan o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy model shakllandi. Korxonalarning aksariyat qis­
mi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida boiib, ular mamlakat YalM ning 
taxminan 75 %ni ishlab chiqaradi. Shu bilan bir vaqtda xo'jalik yuritish mexaniz­
mi bozor mezonlari bo'yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklangan, dav­
lat korxonalarining o'zi hamkorlarni qidirib topadi, hamkorlik shartlari, mahsulot 
narxi bo'yicha kelishadi, ishlab chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi. Mamla­
katda keng qamrovli ijtimoiy kafolatlar saqlanib qolgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin