Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


-BOB. O 'TIS H IQ TISO D IYOTI M A M LAKA TLARINING XUSUSIYATLA RI VA IQ TIS O D IY ISLOHOTLAR



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

13-BOB. O 'TIS H IQ TISO D IYOTI M A M LAKA TLARINING XUSUSIYATLA RI VA IQ TIS O D IY ISLOHOTLAR..
xorijiy investorlar nazoratida boiib, kapital qo‘yilmalarning 15-30 
%
tashqi manba- 
lardan moliyalashtiriladi. Markaziy Osiyo va Kavkaz respublikalarida AQSh, G‘ar- 
biy Yevropa va Yaponiya kabi an’anaviy kapital eksportyorlaridan tashqari Janu­
biy Koreya, Xitoy, Turkiya kompaniyalari investitsion loyihalarni amalga oshirish- 
da faol qatnashmoqda.
MDH mamlakatlari xalqaro moliya institutlari bilan faol hamkorlik aloqalari 
olib borishmoqda. Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, Ukraina, Gruziya, Armanis- 
ton kabi mamlakatlar xorijdan katta miqdorda xalqaro kreditlar olishganligi sababli 
ularning ayrimlarida davlatning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish muammosi yuza­
ga keldi.
13.4. 0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari
iqtisodiy hamkorlik aloqalari
0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jadal 
sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 0 ‘zbe- 
kiston Markaziy Osiyoda mahsulotlarni sotishning istiqbolli, yirik ichki bozorga, 
qulay investitsiya muhitiga, boy xomashyo, inson va ilmiy-texnik salohiyatga ega 
muhim hamkori hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 0 ‘zbekiston MShYe mamlakatlari 
bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi va iqtisodiy hamkorlikning barcha sohalarida- 
gi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 0 ‘zbekiston Polsha, Chexiya, Slo­
vakiya, Bolgariya, Ruminiya bilan «Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi» keli- 
shuvlarga ega. Mazkur kelishuvlar doirasida bu mamlakatlar bilan mumkin qadar 
qulaylik yaratish rejimi asosida ikki tomonlama savdo aloqalari o‘rnatilgan.
O‘zbekistondan MShYe mamlakatlariga paxta tolasi, matolar, rangli metallar
noorganik kimyo mahsulotlari, turli xil xizmatlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
(tomat pastasi, meva va sabzovatlar, sharbatlar), avtomobilsozlik sanoati mahsu­
lotlari, kabel eksport qilinadi. 0 ‘zbekistonga ushbu mintaqadan un, tayyor mato­
lar va kiyim-kechak, keramika mahsulotlari, mexanika va elektr asbob-uskunalari, 
oziq-ovaqt mahsulotlari, qurilish materiallari, farmatsevtika mahsulotlari, mebel, 
transport vositalari olib kiriladi.
0 ‘zbekistonda 150 dan ortiq MShYe mamlakatlari kapitali qatnashgan qo‘sh- 
ma va 40 dan ortiq to iiq xorijiy kapitalga asoslangan korxonalar faoliyat yurita- 
di. Ushbu korxonalar oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari­
ni qayta ishlash, mashinasozlik, savdo, transport xizmatlari, to‘qimachilik mah­
sulotlari, kiyim-kechak, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanadi.
0 ‘zbekiston uchun Ruminiya va Bolgariyaning Qora dengizdagi portlari orqali 
yuklar tashish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish istiqbollari muhim 
ahamiyatga ega. 0 ‘zbekiston mahsulotlarini Ruminiyaning Konstansa porti, Qora 
dengizni Dunay-Reyn daryo transporti tizimi bilan bogiovchi Sulin kanali orqali 
Yevropa markaziga tashib keltirish, keyin mintaqaning Shimoliy dengiz portlariga 
olib chiqish mumkin boiadi.
MDH mamlakatlari 0 ‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari hisob­
lanadi. Shunga qaramasdan, mamlakat tashqi savdo aylanmasida bu mamlakat­
larga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Misol uchun, 
1990-2012-yillarda MDH mamlakatlarining 0 ‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi- 
dagi ulushi 60,1 %dan 48,2 %gacha, eksport va importi tarkibidagi ulushi esa muta­
nosib ravishda 62,3 va 56,6 %dan 45,2 va 19,2 %ga qadar qisqardi (13.4.1-jadval).
207

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin