Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


IV BO'LIM.JAHON XO'JALIGIDA O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARI



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

203


IV BO'LIM.JAHON XO'JALIGIDA O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARI
MDH ning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90-yillarida bozor muno- 
sabatlarining asoslari shakllandi:
• aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega ega bo‘ldi va 90-yil­
larning oxiriga kelib YalM ning 50 %dan 75 % gacha boigan qismi xususiy kor­
xonalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Tadbirkorlar sinfi ushbu mamlakatlarda yetakchi 
ijtimoiy kuchga aylandi;
• narxlarning shakllanishi erkinlashtirildi;
• tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga oshirildi va tashqi 
bozorlarning ochiqligi ta’minlandi;
• aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga moslashishga yo‘naltirilgan 
qayta o‘zgarishlarni amalga oshirish boshlandi.
MDH mamlakatlarining 1991-2010-yillardagi iqtisodiy rivojlanishini quyidagi 
uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda (1991-1995) sobiq Ittifoq respublikalarida siyosiy mustaqil- 
likning huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo‘- 
lishdi, o‘zaro shartnomalar imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy-iqtiso­
diy, byudjet-soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar shakllantirildi.
Shu bilan birga bu davrda yagona valyutaga asoslangan yagona iqtisodiy iqti­
sodiy makon barham topdi, respublikalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari buzildi, 
uchinchi mamlakatlar bozoriga qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyot- 
larda inqiroz holatlari kuchayib bordi. Deyarli barcha respublikalarda YalM ning 
keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli yillarda ro‘y berdi. Jum­
ladan, ushbu ko‘rsatkich 1990-yil darajasiga nisbatan 1995-yilda Ozarbayjon- 
da 42,1 %ni, Armanistonda 59,8 %ni, Belarusda 66,1 %ni, Gruziyada 35,8 %ni, 
Qozogistonda 69,0 %ni, Qirgizistonda 55,0 %ni, Moldaviyada 48,0 %ni, Rossiyada
65,4 %ni, Tojikistonda 34 %ni, Turkmanistonda 61,0 %ni, 0 ‘zbekistonda 81,6 %ni, 
Ukrainada 47,1 %ni tashkil etdi. 1
Ikkinchi bosqich (1996-2000) yangi mustaqil mamlakatlarda siyosiy suveri- 
nitetning mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib boruvchi moliyaviy-iqtisodiy 
tizimning yaratilishi, uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning o‘rnati- 
lishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
Bu bosqichda MDH mamlakatlari iqtisodiyoti barqarorlashdi, inflyatsiya daraja­
si pasaydi. Jumladan, 2000-yilda ushbu mamlakatlarda YalM hajmi 1991-yilga nis­
batan Ozarbayjonda 59,3 %ni, Armanistonda 76,9 %ni, Belarusda 89,7 %ni, Gru­
ziyada 47,5 %ni, Qozogistonda 77,9 %ni, Qirgizistonda 72,0 %ni, Moldaviyada
44,0 %ni, Rossiyada 69,1 %ni, Tojikistonda 41,0 %ni, Turkmanistonda 77,0 %ni, 
0 ‘zbekistonda 99,0 %ni, Ukrainada 47,3 %ni tashkil etdi. MDH mamlakatlaridan 
YalM hajmi bo‘yicha 1991-yil darajasiga faqat 0 ‘zbekiston erishdi.
Uchinchi bosqichda (2001-2013) MDH ning barcha mamlakatlarida iqtisodiyot­
ning mustahkamlanishi sodir boidi, iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud 
resurslardan toiiq foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish bilan bogiiq islo­
hotlar amalga oshirildi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashdi.
2010-yilda Ozarbayjon, Belarus, Qozogiston, Turkmanistonda YalM hajmi 1991- 
yil darajasidan oshdi.
Tahlillar MDH mamlakatlarida 2000-2013-yillarda YalM hajmi 1,9 martaga, 
sanoat ishlab chiqarish 1,7 martaga, asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori esa 3,2 
martaga oshganligini ko‘rsatmoqda (13.3.1-jadval).
1 Вашанов В. Распад ССР и его последствия для постсоветских республик. //Экономист, №11, 
2011. С. 80.
204



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin