13-BOB. O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARINING XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR... 13.3.1-jadval MDH mamlakatlarida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, 2001-yilga nisbatan %da 2001-y.
2005-y.
2010-y.
2011-y.
2012-y.
2013-y.
YalM
106
139
169
177
184
187
Sanoat
105
137
154
162
166
167
Asosiy kapitalga investitsiyalar
114
185
270
296
317
321
Manba: www.cisstat.org
MDH mamlakatlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning salbiy oqi-
batlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• islohotlarning ijtimoiy yo‘qotishlar bilan birga sodir bo‘lishi. MDH mamla
katlarida ishlab chiqarishning pasayishi natijasida aholi turmush darajasining
pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi, ijtimoiy xizmatlar hajmining qisqa
rishi ro‘y berdi;
• jamiyatning ijtimoiy jihatdan tabaqalashuv darajasining chuqurlashishi. Bozor
iqtisodiyoti jamiyatda moddiy ta’minlanish bo‘yicha tabaqalashuvning kucha-
yishiga olib keldi va bu ko‘rsatkich MDH mamlakatlarining ayrimlarida juda
yuqori darajaga yetdi;
• MDH mamlakatlarining aksariyatida ilmiy-texnik taraqqiyotning orqada qoli-
shi, mehnat unumdorligining past darajada ekanligi;
• yashirin iqtisodiyotning mavjudligi;
• MDH mamlakatlarining xalqaro mehnat taqsimotida xomashyo va yoqilg‘i yet-
kazib beruvchilar sifatida ixtisoslashib qolishi.
MDH mamlakatlarida iqtisodiy pasayish darajasi MShYe mamlakatlariga nis
batan chuqur boiib, Xitoy va Vyetnam singari iqtisodiy islohotlar boshlanishidan
keyin pasayishlar sodir boimagan (2008-2009-yillardagi inqirozni hisobga olma-
ganda). Shunga qaramasdan MDH mamlakatlarida sanoat tarmoqlarida ishlab chi
qarishning keskin pasayishi sodir boidi. Bu holat ushbu tarmoqlarning harbiy mah
sulot ishlab chiqarish bilan bogiiqligi bilan izohlanadi.
Sanoatning yengil sanoat va uzoq muddatli iste’mol tovarlari ishlab chiqaruv-
chi tarmoqlari sifatli hamda keng assortimentga ega import bilan raqobat qila olma-
ganligi sababli MDH ning ayrim mamlakatlarida muzlatkichlar, videomagnitofon-
lar, kompyuterlar ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. MDH mamlakatlarida xomashyo,
yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo‘1-
madi hamda bu mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta tushumlarining asosiy man
bayi va iqtisodiyotni qoilab-quvvatlash vositasiga aylandi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, 1990-yillarda 0 ‘zbekiston, Belarus, Qozogistondan
tashqari boshqa mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish hajmi va ishchi kuchi mala-
kasining keskin pasayishi sodir boiganligi kuzatildi. Gruziya, Moldaviya, Tojikiston
va Qirgizistonda esa sanoat ishlab chiqarishning pasayishi bilan bir vaqtda band-
likning agrarlashuvi yuz berdi. Misol uchun, 1990-yilda bu mamlakatlarda qish
loq xo‘jaligida aholining 25 % band boigani holda, hozirda ushbu ko‘rsatkich tax
minan 50 %ni tashkil etmoqda.
MDH mamlakatlari tashqi savdo aylanmasining asosini o‘zaro savdo tashkil
etadi. Tahlillar, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasida o‘zaro
savdo ulushining qisqarib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, bu ko‘rsat-
kich 2000-yilda 27,7 %ni tashkil etgani holda, 2013-yilda 20,4 %ga teng boidi.