Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


IV BO'LIM. JAHON XO'JALIGIDA O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARI



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

IV BO'LIM. JAHON XO'JALIGIDA O'TISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARI
13.2. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar modellari va ularning natijalari
MShYe mamlakatlari tarkibiga Yevropa Ittifoqiga a’zo 10 ta — Markaziy Yevropa 
(Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya) va Janubi-Sharqiy Yevropa (Sloveniya, Bol­
gariya, Ruminiya), Boltiq bo‘yi (Latviya, Litva, Estoniya) hamda Yevropa Ittifoqi­
ga a’zo bo‘lmagan Janubi-Sharqiy Yevropaning oltita (Albaniya, Xorvatiya, Bos- 
niya va Gersegovina, Makedoniya, Serbiya va Chernogoriya) mamlakatlari kiritila­
di. Ushbu mamlakatlar guruhida 124 mln. kishi istiqomat qiladi va taxminan jahon 
yalpi ichki mahsulotining 2,6 
%
ishlab chiqariladi1.
MShYe mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qila­
di. Misol uchun, 2006-yilda sobiq Yugoslaviya respublikalarida valyutaning xarid 
qobiliyati bo‘yicha hisoblangan aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad ko‘rsat- 
kichi 4 ming dollardan (Chernigoriya) 24 ming dollargacha (Sloveniya) o‘zgarib 
turgan. Bu holat MShYe mamlakatlarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda 
alohida yondashuvni talab etdi. Natijada bu mamlakatlarda qisqa muddatda «falaj- 
li davolash»2 usuli yordamida liberal iqtisodiyotni shakllantirishga yo‘naltirilgan 
radikal chora-tadbirlarni amalga oshirish (Polsha) va nisbatan yumshoq usullar yor­
damida bosqichma-bosqich, keyinchalik radikal chora-tadbirlarga asoslangan jadal 
iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi (Bolgariya, Ruminiya).
MShYe mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga quyidagi 
omillar ta’sir ko‘rsatdi:
• islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma-ketligi;
• iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi;
• rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik yordami;
• xorijiy kapitalning roli.
MShYe mamlakatlari ushbu omillar ta’siriga bog‘liq holda iqtisodiy jihatdan 
turli natijalarga erishishdi. Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya intensiv isloh 
etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq Yugoslaviya respub- 
likalari va Ruminiyaga nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishdi.
MShYe mamlakatlari XVF tomonidan taklif etilgan quyidagi tuzilmaviy ele- 
mentlarga ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda:
1

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin