Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


-B O B . O 'T IS H IQ T IS O D IY O T I M A M L A K A T L A R IN IN G X U S U S IY A T L A R I V A IQ T IS O D IY IS L O H O T L A R



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

13-B O B . O 'T IS H IQ T IS O D IY O T I M A M L A K A T L A R IN IN G X U S U S IY A T L A R I V A IQ T IS O D IY IS L O H O T L A R ..
sotishda qator muammolarga duch kelishdi. Eksport imkoniyatlarining yetarli, 
yuqori darajada emasligi esa valyuta mablag‘larini jamlashda qiyinchiliklarni 
tug‘dirdi. Bu esa, o‘z navbatida, bu mamlakatlarda aholining turmush darajasini 
oshirishni ta’minlash uchun zarur boigan import tovarlarni yetarli darajada sotib 
olish imkoniyatini bermadi.
0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ishlab chiqarish samaradorligiga boigan 
talablarga nisbatan yondashuvlar bir xil emas. Agar Sharqiy Yevropa mamlakatla­
rida xo‘jalik boshqaruv mexanizmining inqirozga uchraganligi jahon bozori talab­
laridan orqada qolganligi bilan baholansa, sobiq Ittifoqda esa rejali iqtisodiyotning 
aholining o‘sib va o‘zgarib boradigan ehtiyojlarini to ia qondira olmasligi tanqid 
ostiga olindi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat va kooperativ mulk mayda xusu­
siy mulkni (xizmatlar, chakana va ulgurji savdo ishlari) siqib chiqarmagan edi. 
Bu holat ayniqsa Polshaga xos boiib, mamlakat qishloq xo‘jaligida kooperatsiya- 
lashtirish jarayonlari amalga oshirilmagan edi. Shunday qilib, Sharqiy Yevropa- 
da bozor iqtisodiyotiga xos boigan xususiy xo‘jalik alohida iqtisodiy uklad sifa­
tida saqlanib qolgan boiib, u bozor islohotlarini amaliyotda amalga oshirishni 
yengillashtirgan edi.
Bu mamlakatlarda o‘tish davrining maqsadi tovar va xizmatlar bozorini rivoj­
lantirish, erkin narxlarni shakllantirish, moliya bozorini vujudga keltirish, mehnat 
bozorini yaratish va tartibga solish, samarali bandlikni ta’minlashdan iborat boidi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan o‘tish davrida iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishda quyidagi klassik tamoyillarni ta’minlash tavsiya etiladi:
• makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
• narxlarni erkinlashtirish;
xususiy mulkni shakllantirish;
• davlat mulkini xususiylashtirish;
• ochiq iqtisodiyotni shakllantirish;
• davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini cheklash.
Ushbu mamlakatlarda bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun quyidagi zaru- 
riy shart-sharoitlarni ta’minlash talab etiladi:
• barqaror siyosiy rejimni o‘rnatish;
• xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish;
• qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
va ulardan samarali foydalanish;
• faol tashqi savdo siyosatini olib borish;
• iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yoiini rag‘batlantirish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat alohida rol o‘ynaydi va quyidagi vazifalar­
ni bajaradi:
• mulk huquqi va tuzilayotgan xo‘jalik shartnomalarining amalga oshirilishini 
ta’minlash va himoyalash;
• monopoliyaga qarshi qonunchilik orqali bozorlarda raqobatga ko‘maklashish;
• oqilona soliq va pul siyosatini yuritish;
• aholining ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish;
• infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishiga yordam berish.
Shunday qilib, bozor munosabatlariga o‘tishda mamlakatning o‘ziga xos xusu- 
siyatlarini maksimal darajada hisobga olish bilan birga transformatsiya modellarini 
aniq va rasmiy belgilabgina qolmay, balki iqtisodiyotni isloh qilishning boy, ilg‘or 
xorij tajribasidan, o‘zgarishlarning barcha foydali iqtisodiy vositalaridan samarali 
foydalanish muhim ahamiyatga ega.
199



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin