Iv bo 'lim. Ja ho n xo'jaligida o 't is h iq tis o d iy o ti m a m lakatlari


MShYe mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga kirishi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

MShYe mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga kirishi. 
2004-yilda Yel ga MShYe 
mamlakatlaridan sakkiztasi, 2007-yilda esa yana ikkitasining a’zo boiishi ushbu 
mamlakatlarning qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini berdi.
Birinchidan, 
G‘arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu mamlakatlar 
YalM ning barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minladi. Yel ga a’zo boiishga tayyor- 
garlik davri va undan keyingi davrlarda MShYe mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish 
sur’atlari YeI-15 mamlakatlari ko‘rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori boidi.
Ikkinchidan, 
Yel ga a’zolik MShYe mamlakatlarida ishsizlik darajasining 
pasayishiga olib keldi, jumladan, ishsizlik darajasi 2003-2007-yillarda 11,3 %dan
7,8 % gacha pasaydi. Ushbu holatning asosiy sababi MShYe mamlakatlaridan G‘ar- 
biy Yevropa mamlakatlariga ishchi kuchining oqib o‘tishi (3 mln. kishi) hisobla­
nadi. MShYe ning ba’zi mkamlakatlarida migrantlar tomonidan jo‘natiladigan pul 
o‘tkazmalari tashqi moliyalashtirishning xorijiy investitsiyalardan keyingi salmoq- 
li manbasiga aylandi. Misol uchun, 2010-yilda Polshaga 9,1 mlrd. dollar, Serbiyaga
5,5 mlrd. dollar, Ruminiyaga 4,5 mlrd. dollar miqdorida pul o‘tkazmalari kirib kel- 
gan. 1 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu mamlakatlarda ishsizlik darajasining 
oshishiga olib keldi. Misol uchun, ishsizlik darajasi 2010-yilda Serbiyada 19,6 %ni, 
Slovakiyada 14,4 %ni, Vengriyada 11,2 %ni, Bolgariyada 10,3 %ni tashkil etdi.2
Uchinchidan, 
ushbu hududga G‘arbiy Yevropa kapitalining kirib kelishi rag‘- 
batlantirildi va MShYe mamlakatlarida investitsiyalarning jamg‘armalardan sezi­
larli darajada ortib ketishi jarayoni yuz berdi.
To‘rtinchidan, 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan birlashish bu mam­
lakatlarda mehnat unumdorligining jadal sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. MShYe 
mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkichning yillik o'sishi o'rtacha 2-3 %ni tashkil etga­
ni holda, YeI-15 mamlakatlarida bor-yo‘g‘i 0,75 %ga teng boidi.
Yel ga barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega, raqobatbardosh boimagan, toi- 
diruvchi xarakteridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarning a’zo boiishi YeI-15 mam­
lakatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat G‘arbiy Yevropaga mahsu­
lotlar, xizmatlar, yuqori texnologiyalarni sotish uchun yangi bozorlarning vujudga 
kelishi, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkonini yaratdi.
1 Migration and Remittances Factbook 2011. Second edition. The World Bank — Washington, 2011. R 13.
2 Перспективы развития мировой экономики. Замедление роста, увеличение рисков. Обзор. Сентябрь 
2011. МВФ. Вашингтон, 2011. С. 82.
201



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin