Iv-bob amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika


-rasm. Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə6/14
tarix03.05.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#106548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matemat

4.8-rasm. Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish.

  1. Dasturlash panelidan If tugmasi (if operatori) bosiladi. Natijada kiritish joyi, qaerga shartni yozish kerak bo’lgan joy paydo bo’ladi, masalan x

  2. Pastki kiritish joyiga ikkinchi uchastka uchun egilish momenti kiritiladi va bo’shliq tugmasi yordamida u ajratiladi.

  3. Dasturlash panelidan Otherwise tugmasi bosiladi va shart yoziladi, masalan, x>L1.

Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishda berilgan qo’shiluvchi ifodalar mos mantiqiy operatorga ko’paytiriladi. Mantiqiy operatorlar bool operatorlar panelidan kiritiladi (Boolean Toolbar tugmasidan). Bool operatorlari faqat 1 yoki 0 qiymat qaytaradi. Agar shart to’g’ri bo’lsa, u holda operator qiymati 1, aks holdla 0 bo’ladi. Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishga misol.
4.7. Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar
Ayrim o’zgarmaslarga global qiymatni berish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak bo’ladi:

      1. O’zgarmas nomi kiritiladi.

      2. Matematika panelidan Evaluation Toolbar (Baholash paneli) tugmasi bosiladi.

      3. Ochilgan Evaluation (Baholash) oynasidan Global Definition (Global aniqlash) tugmasi bosiladi yoki Shift+ tugmalari baravar bosiladi. Bunday aniqlanish barcha hujjatlar uchun ta’sir qiladi, ya’ni barcha hujjatlarda bu qiymatni ishlatish mumkin.

Sonli hisoblashlardan tashqari Mathcad belgili (simvolli) hisoblashlarni ham amalga oshiradi. Bu degani hisoblashlar natijasini analitik ko’rinishda tasvirlash mumkin. Masalan, aniqmas integral, differensiallash va boshqa shu kabi masalalarni echishda uning echimini analitik ko’rinishda tasvirlaydi. Bunday oddiy simvolli hisoblashlar 5.9-rasmda keltirilgan.


      1. 9-rasm. Simvolli hisoblashlarni bajarish.

Simvolli hisoblashlarni bajarishda ikkita asosiy vosita mavjud: • Symbolics (Simvolli hisoblash) menyusi;
• Matematika panelidan Symbolic paneli.
Bu vositalar ancha murakkab simvolli hisoblashlarda qo’llaniniladi. Hozir esa oddiy simvolli hisoblashni bajarishning eng sodda usuli, ya’ni tez-tez ishlatilib turiladigan usullardan biri - simvolli tenglik belgisi (→) usulini ko’rib chiqamiz. Quyida bu usuldan foydalanishning ketmaketlik tartibi berilgan:

    1. Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi bosiladi.

    2. Ochilgan panel oynasidan Calculus (Hisoblash) ni tanlab, aniqmas integralni sichqonchada chiqillatiladi (misol tariqasida aniqmas integral qaralayapdi).

    3. Kiritish joylari to’ldiriladi, ya’ni funksiya nomi va o’zgaruvchi nomi kiritiladi.

    4. Simvolli belgi tengligi (→) belgisi kiritiladi.

Simvolli hisoblash vositalari Jadval 1

Vosita

SHablon

Ta’rifi

float

• Float, •→

Siljuvchi nuqtani hisoblash

complex

• complex, •→

Kompleks son formasiga o’tkazish

expand

• expand, •→

Bir necha o’zgaruvchili yig’indi, ko’paytma va darajani ochish

solve

• solve, •→

Tenglama va tenglamalar tizimini echish

simplify

• simplify, •→

Ifodalarni iхchamlash

substitute

substitute, •→

Ifodalarni hisoblash

collect

• collect, •→

Oddiy yig’indida tasvirlangan palinom ko’rinishdagi ifodani iхchamlash

series

• series, •→

Darajali qatorda ifodani yoyish

assume

• assume, •→

Aniq qiymat bilan yuborilgan o’zgaruvchini hisoblash

parfrac

• parfrac, •→

Oddiy kasrga ifodalarni yoyish

coeffs

• coeffs, •→

Polinom koifisienti vektorini aniqlash

factor

• factor, •→

Ifodalarni ko’paytuvchilarga yoyish

fourier

• fourier, •→

Fure to’g’ri almashtirishi

laplace

• laplace, •→

Laplas to’g’ri almashtirishi

ztrans

• ztrans, •→

To’g’ri z-almashtirish

invfourier

• invfourier, •→

Fure teskari almashtirishi

invlaplace

• invlaplace, •→

Laplas teskari almashtirishi

invztrans

• invztrans, •→

Teskari z-almashtirish

MT

T

Matritsani transponirlash

M-1 →

• -1 →

Matritsaga murojaat

|M|

|•|→

Matritsa determinantini hisoblash

Modifiers


Modifier panelini chiqarish


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin