Limitlarni hisoblash Mathcadda limitlarni hisoblashning uchta operatori bor.
Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi basilsa, Colculus (Hisoblash) paneli ochiladi. U erning pastki qismida limitlarni hisoblash operatorlarini kiritish uchun uchta tugmacha mavjud. Ularning birini bosish kerak.
lim so’zining o’ng tomonidagi kiritish joyiga ifoda kiritiladi.
lim so’zining ostki qismiga o’zgaruvchi nomi va uning intiladigan qiymati kiritiladi.
Barcha ifodalar burchakli kursorda yoki qora rangga ajratiladi.
Symbolics→Evaluate→Symbolically (Simvolli hisoblash→ Baholash→ Simvolli) buyruqlari beriladi. Mathcad agar limit mavjud bo’lsa, limitning intilish qiymatini qaytaradi.
Limitlarni hisoblashga doir misollar 4.10-rasmda keltirilgan.
4.10-rasm. Limitlarni hisoblash. 4.8. Tenglamalarni sonli va simvolli echish Mathcad har qanday tenglamani, hamda ko’pgina differensial va integral tenglamalarni echish imkoniyatini beradi. Misol uchun kvadrat tenlamanining oldin simvolli echimini topishni keyin esa sonli echimini topishni qarab chiqamiz.
Simvolli echish.Tenglamaning simvolli echimini topish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak:
1.Echiladigan tenglamani kiritish va tenglama echimi bo’lgan o’zgaruvchini kursorning ko’k burchagida ajratish.
2. Bosh menyudan Symbolics→Variable→Solve (Simvolli ifoda→O’zgaruvchi→ Echish) buyrug’ini tanlash. Tenglamani echish .
Sonli echish.Algebraik tenglamalarni echish uchun Mathcadda bir necha funksiyalar mavjud. Ulardan Root funksiyasini ko’rib chiqamiz. Bu funksiyaga murojaat quyidagicha:
Root(f(x),x).
Root funksiyasi iteratsiya usuli sekuщiх bilan echadi va sabab boshlang’ich qiymat oldindan talab etilmaydi. 4.11-rasmda tenglamani sonli echish va uning ekstremumini topish keltirilgan. Tenglamani echish uchun odlin uning grafigi quriladi va keyin uning sonli echimi izlanadi. Funksiyaga murojaat qilishdan oldin echimga yaqin qiymat beriladi va keyin Root funksiya kiritilib, x0= beriladi.