Guruhlarga uch xil savol yozilgan vatman qog’ozlari tarqatiladi.
Har bir guruh o’z vatmaniga uchtadan javob yozadi.
Javoblar qoladi guruhlar joy almashadi (3dan 1ga; 1dan 2ga; 2dan 3 ga)
Har stol almashganda uchtadan javob yoziladi.
Oxirida jami 9 ta javob to’planadi.
Mustaqil ravishda har bir guruh umumiy ta’rifni keltiradi va javoblarni taqdimot qiladi.
4-Ilova
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi
5-Ilova
«Insert» texnikasining qoidalari: 1. Tekstni o’qib chiqing.
2. Olingan ma’lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo’ying.
V – ma’lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to’g’ri keladi.
Q – yangi ma’lumotdir.
-- – olgan bilimlarimga to’g’ri kelmaydi.
? – meni o’ylantirib qo’ydi, bu masala yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar kerak.