Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi


Unketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan zarba berish



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə15/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Untitled

Unketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan zarba berish

Raketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan beriladigan zar- bnlar (yuqoridan-chapdan), bajarish texnikasiga ko‘ra, raketkaning mhiq tomoni bilan beriladigan zarbalarga nisbatan anchagina iiiurakkab hisoblanadi (asosan inson tanasining anatomik tuzili- shidan kelib chiqib). Ushbu zarba turi volan raqibingizning zarbasidan keyin yuqori trayektoriya bo‘ylab sizning maydon- changizning olis chap burchagi tomonga uchib kelganda qoTlaniladi. Ta’kidlash kerakki, ayrim badmintonchilar bunday holatlarda volanning tagiga yugurib kelib, uni raketkaning ochiq tomoni bilan qaytarishni afzal ko‘rishadi. Bunday zarba chapdan beriladigan zarbaga qaraganda ishonchliroq, aniqroq va kuchliroq hisoblanadi. Ammo amaliyotning ko‘rsatishicha, raketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan beriladigan yaxshi zarbasiz yuqori darajadagi o‘yindan umid qilish mushkul. Bunday zarbaning to‘rtta asosiy turi mavjud: baland-olis, baland hujumkor, hujumkor va qisqa (to‘r yoniga tashlash). Yuqoridan-o‘ngdan beriladigan zarbalarda boTgani kabi yuqoridan-chapdan beriladigan zarbalar ham o'xshash boshlangTch bosqichga ega boTadi.

Mazkur zarbaning klassik varianti sportchi maydon mar- kazida turganda (35-rasm, 1-holat) tik yoki o‘rta gavda holatidan chap oyoqda volanning uchib kelishi tomonga harakatlanishidan boshlanadi (35-rasm, 2-holat). Tirsakdan bukilgan raketka ushlagan qoT yelkani chapga burish bilan bir vaqtda keriladi, panja esa raketka dastagini ushlash usulini o‘zgartiradi va uni chap tomondan zarba berishga moslashtiradi (35-rasm, 3-holat). O‘yinchining ogTrlik markazi chap oyoqqa o'tkaziladi.

Keyingi bosqich: yelkalarni burishning, raketkani kerishning yakunlanishi va ularni orqaga aylantirishning boshlanishi; o‘ng oyoq chap oyoq atrofida qadam tashlaydi va oyoq kafti zarba amalga oshiriladigan nuqtaga qo‘yiladi; o‘ng qo‘1 tirsagi yelka- gacha va undan balandroq ko‘tariladi; raketka ushlagan panja to‘r tomonga uchib kelayotgan volanga qarab yuqoriga keskin harakatlanishni boshlaydi. Chap qo‘1 yarim bukilgan va tana muvozanatini ushlab turish uchun orqaga olingan. Sportchi to‘rga nisbatan deyarli teskari holatda boTadi (35-rasm, 4-holat).





Zarbaning yakuni raketkani ushlab turgan panjani uchib kelayotgan volan tomonga qarab keskin tez chiqarish bilan amalga oshiriladi, bunda zarba berilganga qadar tirsak panjadan oldinda, panja esa raketkaning kallagidan oldinda boTishi kerak. Raketkani ushlab turgan qo‘1 yuqoriga tik ko‘tarilgan boTadi. Volan raketkaning simli yuzasiga kelib tegishi bilan panja tezda yoziladi, bu esa zarba beruvchi harakatning kuchini oshiradi (35-rasm, 5- holat).

Masalan, hujumkor zarbada (smeshda) panja oxirigacha buriladi. O‘ng oyoq maydonchaga qo‘yilgandan, og‘irlik markazi ungao‘tkazilgandan keyin darhol zarba berilsa, to‘g‘ri boTadi. Izoh: zarba berish chog'ida qadamlar soni har bir sportchining shaxsiy jismoniy ko ‘rsatkichlariga qarab belgilanadi.



3S-rasm. Raketkaningyopiq tomoni bilan yuqoridan
beriladigan zarba.


Shuni yodda tutish kerakki, butun zarba nisbatan yengil- lashgan holatda amalga oshiriladi, bosim esa faqatgina zarba beriladigan paytning o‘zigagina xosdir.

Raketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan beriladigan zarbalarning turlicha trayektoriyada boTishidagi farqlar zarbaning yakuniy bosqichida panjaning bukilish darajasiga va uning bilak atrofida buralishiga bog'liq boTadi. Aynan panjaning holati va harakati volanga uchishning kerakli trayektoriyasini beradi, uning



bilnk atrofida buralishi esazarbaning kuchli chiqishini ta’minlaydi. I )emak, butun e’tibomi zarbani panjada yakunlashga qaratish kerak boTadi.

Yuqori-olis zarbada
volan raketkaning simli yuzasiga kelib legishi smeshdagidan ko‘ra ancha oldin boshlanadi, bu yerda asosiy zarba harakati nisbatan oldinroqdagi bosqichda yakunlanadi va yuqoriga hamda to‘r tomonga oldinga yo‘nalgan boTadi. Shu bois, zarba berishning yakuniy bosqichida panjaning tirsakka nisbatan juda ham bukilishi sodir boTmaydi.

Yuqori hujumkor zarbada ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin. Bunda volan deyarli qiyalab uchishi kerak. Shu sababli, smesh bilan solishtirganda, zarbani yakunlashning nisbatan boshlangTch bosqichida volanga deyarli uzunasiga zarba beriladi hamda bu holatda ham panjaning keskin bukilishi kuzatilmaydi.

Zarbalaming har xil turlarida raketkaning holati 36-rasmda ko‘rsatilgan.

Ta'riflab o‘tilgan texnika qisqa (to‘r yaqiniga tashlash) zarbalardan tashqari barcha zarbalar uchun xosdir. Yuqoridan- o‘ngdan beriladigan zarbalarda boTgani kabi, bular ham qoTni qattiq kerishni va kuchli yakunni talab qilmaydi. Panja harakati nisbatan keskin, ammo qisqa boTib, oz vaqt davom etadi. Volanni kuzatish deyarli mavjud boTmaydi. Bu shunday zarba boTishi kerakki, volan tezda raqib maydonchasigacha uchib borib, to‘rdan minimal balandlikda uchib o‘tib, darrov uning ortiga tushsin.


36-rasm. Yopiq tomon bilan yuqoridan beriladigan zarbada
raketkaning holati:


1 - hujumkor trayektoriya (smesh), 2 — baland hujumkor
trayektoriya, 3 - baland-olis trayektoriya.





Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin