Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə18/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Untitled

45-rasm. To ‘ryaqinida raketkaning ochiq tomoni bilan
beriladigan zarbalar:


1 — volanni to ‘r bo ‘ylab o ‘tkazish, 2 — taglik.


46-rasm. To ‘ryaqinida raketkaningyopiq tomoni bilan
beriladigan zarbalar:


1 — taglik, 2 - volanni to ‘r bo ‘ylab o 'tkazish.


Ilojsiz vaziyatlarda sportchilar ekzotik zarbalar berishga ham majbur boTishadi. Ammo bunday zarbalar kam samara beradi, jarohat yetkazishi mumkin hamda odatda ular, o‘yin jarayonida emas, balki mashg‘ulotlarda uchraydi (47-rasm).



47-rasm. Zarbalar:

1 —pastdan zarba, 2 —yondan zarba.


Badmintonda harakatlar


Mutaxassislar badmintonda asosiysi oyoqlar ekanini ko‘p takrorlashadi. Ko‘plab badmintonchilar bu so‘zlaming naqadar to‘g‘ri ekaniga amaliyotda guvoh boTishgan. Yaxshi o‘yinchi, badminton ustasi o'yinning barcha asosiy texnik usullarini mukammal o‘zlashtirgan boTadi. Buning ma’nosi shuki, sportchi volanga o‘z vaqtida chiqib, ko‘p karra mustahkamlangan mushak reflekslarining yuqori texnik darajasida unga avtomatik ravishda to‘g‘ri zarba beradi. Ammo, mabodo, oyoqlar pand berib qolsa, volanga qarab cho‘zilishga, agar unga bir amallab yetganingda ham, unga mashqlarda shakllangan odatiy usullami qoTlay olmasdan noqulay vaziyatdan zarba berishga, kuch, tezlik va texnika borasida raqibga ustunlikni berib qo‘yishga majbur boTasiz. Aynan shu bois, badmintonda harakatlar birinchi o‘rinda turadi. Volanga yetib bora olsang - zarba berasan, yetolmasang - hamma urinishlarinig besamar ketadi. Bir latifada aytilganidek: artilleriya 18 ta sababga ko‘ra o‘q uza olmadi, birinchi sabab — o‘qlar tugab qolgan ekan.

Maydonchada muvaffaqiyatli harakatlanishning asosini yaxshi tayyorlangan oyoqlar tashkil etadi. Har bir mashg‘ulotdan ulami mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar o‘rin olishi zarur. Harakatlarni o‘yinchining jismoniy imkoniyatlari va xarakterining mhiy tipidan (bu haqda boshqa boTimda so‘z yuritamiz) kelib chiqib o‘zlashtirish kerak. O‘rta va katta qadamning (hamlaning) uzunligi, vestibulyar barqarorlik, sakrash balandligi, harakat paytida gavda holati juda muhim ahamiyatga ega. Quyida umumiy qoidalarga to‘xtalib o‘tamiz.





Harakatlanish gavdaning o‘yinga oid holatidan boshlanadi. U istalgan tomonga qarab amalga oshirilishi mumkin, ammo maydonchada himoyalanmagan nuqtalar mavjudligini va aksariyat hollarda o‘sha tomonga qarab: to‘rning o‘ng va chap ustunlariga qarab oldinga; yon chiziqlarga qarab yonboshga; o‘ng va chap olis burchakka qarab orqaga harakatlanishga to‘g‘ri kelishini unutmaslik kerak. Boshqa oraliq harakatlar ham boTishi mumkin, ammo yuqorida sanalgan oltita yo‘nalish asosiylari hisoblanadi.

Badmintonda maydonchada harakatlanish yettita asosiy elementdan tashkil topgan boTadi (48-rasm). Bular: oddiy qadam (bir qadam), qo'shimcha tashlangan qadam, chaparasta qadam, o'zgaruvchan qadam, sakrash, hamla, yugurish
(yoki sakrab- sakrab qadam tashlash). Yana “qaytadigan qadam” deb nomlangan, o‘sha tartibda harakat boshlangan nuqtaga qaytishni anglatadigan bahsli tushuncha ham mavjud.


48-rasm. Maydonchada harakatlanish turlari:

1 —qo ‘shimcha qadamlar tashlab harakatlanish, 2 — chaparasta
qadam tashlab harakatlanish, 3 -o ‘zgaruvchan qadam tashlab
harakatlanish, 4 - hamla: a - raketkaningyopiq tomoni bilan
zarba berish uchun, b - raketkaning ochiq tomoni bilan zarba
berish uchun; 5 - sakrash.






Amaliyotning ko‘rsatishicha, maydonchadagi barcha harakatlar ana shu elementlaming turli kombinatsiyalari (bi- rikmalari)dan iborat boTadi. Barcha harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - samarali zarba berishga va tezlik bilan dastlabki o‘yin holatiga qaytishga tayyorlanishdan iborat. Sportchi may- donchada harakatlanishning barcha usullarini yaxshi o‘zlashtirgan boTishi hamda o‘yinda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib ulami amalda qoTlay olishi kerak. Masalan, yondan zarba berish uchun chiqishda oyoqlaming harakatlanishi - mushkul ish emas. Yon chiziq tomonda qadam tashlash yoki hamla qilish, raketka ushlagan qoTni oldinga cho‘zish kerak - boTdi, volanni qaytarish mumkin. Ammo volanni yon tomondan (dam o‘ngdan, dam chapdan) qaytarish uchun bir yon chiziqdan ikkinchisiga borib kelish ayrimlar o‘ylaganidek oson ish emas. Maydoncha bo‘ylab ko‘ndalang harakat qilinganda oyoqlaming faoliyati imkon qadam tejamli boTishi zarur. Hammasi tez, ammo hovliqmasdan bajariladi. Har qanday vaziyatda ham tana holati barqaror boTishi kerak.

Agar zarba maydonchaning oldingi qismida hamda o‘yinchi- ning oldida amalga oshirilsa, o‘ng oyoq oldinga, volan tomonga tashlanishi, mabodo zarba maydonchaning orqa tomonidan bajarilsa, o‘ng oyoq orqa chiziqqa yaqinroq joylashishi lozim.

Maydonchada kombinatsiyalangan harakatlanishning usul- lari turlicha, u yoki bu usulni tanlash esa ko‘p jihatdan sportchining individual xususiyatlariga: bo‘yiga, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik holatiga, kuchiga, tezligiga, egiluvchanligiga, chidamliligiga bogTiq boTadi.

Tajribali sportchilar volanga qarab harakatlanishni katta qadamlar bilan boshlab, oxirida zarba berish oldidan uchib kelayotgan volanning trayektoriyasiga nisbatan tananing to‘g‘ri joylashuvini ta’minlash uchun mayda qadamlar bilan yakunlashni maslahat berishadi. Bu esa zarba berish paytida ham, o‘yin hududining markaziga qaytish uchun harakat qilishda harn sportchi nisbatan qulay joy egallashini ta’minlaydi. Oxirida keng harakat qilinganda - xuddiki sportchi tanasining “prujinasi” cho‘zilgan va kuchsizlangandek boTadi, zarba esa kuchsiz va noaniq chiqadi. Shu bois, juda katta hamla vaziyatdan chiqib ketish maqsadida





qoTlaniladigan, ammo uni yaxshilashga xizmat qilmaydigan maj- buriy harakat hisoblanadi. Xattoki, taglik usulini qoTlaganda ham, sportchida mazkur zarbani tagidan kesgandek (to‘r yaqinida qo‘shimcha harakat bilan) noqulay tarzda tashlash uchun harakat zaxirasi boTishi zarur. To‘g‘ri, zamonaviy badmintonda kuchli va egiluvchan panjaga ega boTgan sportchilar hatto qiyin vaziyat- lardan ham murakkab va hujumkor zarbalar bera olishadi. Ammo, har qanday vaziyatda ham, noqulay holatda berilgan zarbaning xato ketishi ehtimoli katta.

Maydonchada harakatlanishning yana bir toifasi mavjud. Ularni aldamchi harakatlar
yoki aldamchi qadamlar deb atash mumkin. Mazkur harakatlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad — raqibni chalgTtish va xato qilishga majbur etishdan iborat. Masalan, agar o‘yinchi to‘ming o‘ng ustuni yaqinida taglik usulida zarba bermoqchi boTsa-yu, unda ozgina qo‘shimcha vaqt mavjud boTsa, aldamchi harakat bilan zarba bemvchi oyog'ini taglik usuli bajariladigan nuqta tomonga tashlamasdan, go‘yoki hujumkor zarba berishga chogTanayotgandek biroz qisqaroq qadam tashlaydi. Agar raqib bunga aldanib qolsa, u hujumni qaytarishga tayyorlanish maqsadida to‘rdan uzoqlasha boshlaydi. Bu paytda o‘yinchi bemalol taglik usulida zarba berib ochko yutib oladi. Ammo juftlik bahslarida ana shunday aldamchi harakatlar raqib bilan birga sherigingizni ham chalg‘itib qo‘ymasligi kerak. Aksariyat hollarda, havaskor va boshlovchi badmintonchilarda oldindan mashg‘ulotlar paytida “pishirib olinmagan”ligi bois, ana shunday tushunmovchiliklar kelib chiqadi.

Badminton ustalari o‘yin davomida ana shunday aldamchi harakatlardan ko‘p bora ustalik bilan foydalanishadi hamda buning orqasidan zarur ustunlikka ega boTishadi. Yaqinda faxriylar o‘rtasida o tkazilgan bir musobaqada qiziqarli bir o‘yinni kuzatishga to‘g‘ri keldi. O'yinchilardan biri amaliyotga mutlaqo zid holda ochiqdan-ochiq boshqa tomonga qarab turib va tana harakatini arnalga oshirib, volanni unga qaramasdan qarama qarshi tomonga qaytarardi. U bunday zarbalarni uzoq davom etgan mashqlarda shakllantirgan va raqibini shoshirib qo‘ygancha muvaffaqiyat qozona oldi.





Texnik elementlami bajarish chog'ida maydonchada hara- katlanishlar to‘g‘risida oldingi bobda so‘z yuritildi. Taktik harakat- larning aniq variantlari o‘yin strategiyasi va taktikasiga bag‘ish- langan keyingi boblarda ko'rib chiqiladi.

Qisqacha umumlashmalar



Badminton o‘yinining mazmuni oddiy: volanning o‘z may- donchangizda yerga tushishiga yo‘1 qo‘ymaslik va uni raqibingiz mavdonchasida yerga tushirishga erishish.

O‘yin volanni oshirishdan boshlanadi. Oshirishning to‘rtta turi mavjud, bular:

  1. baland-olis - kuchli zarba bilan raqibning ustidan oshirib, uning maydonchasining orqa o‘ng yoki chap burchagiga oshirish;

  2. baland hujumkor - anchagina kuchli zarba bilan volan raqibning ustidan, uning qaytarish imkoniyatlari chegarasidan balandroqda tashqarisidan oshirib tashlanadi;

d) qisqa - raqib maydonchasining oldingi chizig‘iga to‘r ustidan pastlatib (to‘ming yuqori qismidan 3-5 sm balandlikda) oshirish;

e) yassi - qaytarish qiyin boTgan oshirish, volan zarbani qabul qilishning orqa chap burchagiga raqibning raketka ushla- magan qoTining yelkasi uzra oshirib tashlanadi.

Oshirish usulini niqoblash uchun tayyorgarlik harakat- larining barchasi bir xil boTishiga e’tibor qaratish zarur.

Badmintonda zarbalaming turlari juda ko‘p.

Volanning borib tushish joyi va uchish trayektoriyasiga ko‘ra, zarbalar quyidagi turlarga boTinadi:

  1. Baland-olis - raqibni orqa chiziqda ushlab turish va o‘yin tempini pasaytirish uchun qoTlaniladi. Zarba harakati juda ham keskin va kuchli boTishi kerak. Orqa chiziqning chap tomonidan raketkaning yopiq tomoni bilan murakkab boTgan zarba berilganda tirsakni tezda to‘g‘rilash bilan bir vaqtda panjani bilak atrofida aylantirish ham zarur boTadi.

  2. Baland hujumkor — volan raqib uni qaytarishi mumkin boTganidan sal balandroqdan uchib o‘tishi uchun anchagina kuchli tarzda zarba beriladi.





  1. Yassi - o‘yin tempini oshirishga xizmat qiiuvchi hujumkor zarba. Ushbu zarbada volan to‘r ustidan pastlab katta tezlikda uchib o‘tadi. Panja va bilakning keskin harakati bilan bunga erishiladi.

  2. Qisqa - mushaklaming nozik sezgirligini talab qiladigan anchayin murakkab zarba. Ikki xil usulda amalga oshiriladi: a)volan kuchli boTmagan, ammo keskin zarba bilan qaytariladi; b) raketka uchib kelayotgan volanning tagiga qo'yiladi yoki hatto ozgina orqaga ham oshiriladi. Volan uchishi trayektoriyasining 2/3 qismi o‘z maydonchasiga to‘g‘ri kelib, so‘ngra u xuddi raqib tomonga oshib tushgandek o‘tib ketadigan, to‘r yaqinida diagonal bo‘ylab bajariladigan qisqa zarba. Yodda tuting, siz volanni qancha oldin kutib olsangiz, raqibingizda javob zarbasiga tayyorlanish uchun shuncha kam vaqt boTadi.

  3. Qisqartirilgan - badmintondagi eng murakkab va nozik zarbalardan biri boTgan aldamchi zarba (qisqa zarbaga o‘xshash, ammo trayektoriyasi uzunroq). Uni bajarish chog‘ida zarba berayotganda panjani salgina bo‘shashtirish zamr boTadi.

  4. Nayza bilan hujum - shundoqqina to‘ming ustida, raketka kallagini uchib kelayotgan volanni qarshi olishga turli burchak ostida olib chiqish yoTi bilan bajariladi va panjaning keskin yakunlovchi harakati bilan volan raqibning oyogTga yoki o‘ziga qarab yo‘naltiriladi.

  5. Smesh - asosiy hujumkor zarba. Volan tepadan pastga qarab katta tezlikda harakatlanadigan qilib bajariladi. Ushbu zarbani bajarishning klassik usulida zarba berishdan oldin orqaga egilish, so‘ngra to‘g‘rilanish, navbati bilan zarbaga oyoqlami, tanani, qoTlami qo‘shish, so‘ngra harakatni panjani keskin to‘g‘rilab, uni bilakka nisbatan bukish bilan yakunlash zarur boTadi.

O‘yin texnikasining asosiy qoidalarini qisqacha umumlash- tiramiz va havaskorga mahoratli badmintonchiga aylanishida asqotadigan bir qancha umumlashma tavsiyalami keltirib o‘tamiz.

LRaketkani to‘g‘ri ushlashni o‘rganish. Uni erkin ushlash kerak. Raketka faqat bevosita zarba berish paytida xuddi qoTni siqib ko‘rishgandagidek siqib ushlanadi. Barcha turdagi zarbalami amalga oshirishda panja ishtirok etishiga e’tibor qaratish zarur.





Klassik usuldagi zarba boshlanishi oldidan qoT panjasi halqasimon tarzda aylantiriladi, bu harakat raketka volanga tegadigan paytda tezlashadi. Bu jarayonda panja harakati bilak harakatidan ortda qolishi juda muhimdir, chunki bu narsa zarbaning keskin va kuchli chiqishini ta’minlaydi. Panjaning bunday harakati, odatda, inson uchun xos emas. Shu bois, buning uchun panjani rivojlantirib borish zarur. Quyida oddiy, ammo samarali mashq namunasini keltirib o‘tamiz: raketkani ushlab turgan panja bilan havoda gorizontal va vertikal holatda sakkiz raqamini chizish.

  1. Maydonchada gavdani to‘g‘ri tutib turish va harakat- lanishga e’tibor qaratish lozim. Badmintonchi o‘yin paytida doimiy harakatda boTadi. Tana salgina oldinga egilgan, chap oyoq esa o‘ng oyoqdan oldinroqda (oyoqning yarim panjasi miqdorida) boTishi kerak. Oyoqlar tizzadan salgina bukiladi. Badmintonchining darajasini u maydonchada gavdasini qanday tutib turishidan va harakaktlanishidan bilib olsa boTadi. U o‘yin paytida xuddi bokschilardek qo‘shimcha va kombinatsiyalangan qadamlar tashlab harakatlanishi kerak. Zarba berish paytida harakatdan to‘xtash zarur.

  2. Sport badmintonida zarba berish paytida o‘yinchining ta- nasi to‘rga parallel holatda boTishi o‘yin uslubining zaifligidan dalofet beradi. Burilish paytida xuddi spiralsimon prujma singari aylanadigan tana zarba paytida unga qo‘shimcha kuch va keskinlik bag‘ishlash imkonini beradi hamda raketkaning volanga tegishi- ning ayni mana shu o‘yin vaziyatida kerakli yo‘nalishda boTishini ta’minlaydi.

  3. Tirsakka alohida e’tibor qaratish zarur. Zarba berish payti- da tirsak bukilgan boTishi kerak emas, aynan tirsakning keskin to‘g‘rilanishi zarbaga kuch va aniqlik bag‘ishlaydi.

  4. Doimo volanni kuzatib turish kerak. Zarba aniq chiqishi uchun o‘yinchi volan raketkasiga kelib tekkuniga qadar albatta uni kuzatib turishi zarur.

  5. Zarbani amalga crhirgandan so‘ng, o‘yinchi o‘sha joyda to'xtab qolmasdan dastlabki holatga qaytishi yoki raqib volanni qaytarishi ehtimoli boTgan joyga qarab harakatlanishi kerak.

Yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak: havaskor badmintonchilar orasida sport badmintonining texnik elementlarini





o'rganish va rivojlantirish uchun mashg'ulotlar emas, balki bevosita o‘yin jarayoni ma’qul, degan xato fikr mavjud.

Bunday fikr noto‘g‘ri. Bevosita o‘yin paytida raqibingiz volanni imkon qadar murakkab tarzda oshirishga harakat qiladi, shu bois, agar siz texnik ko‘nikmalarga ega boTmasangiz, bunday qiyin o‘yin vaziyatlarida ulami shakllantirish deyrali imkonsiz boTib qoladi. Mazkur ko'nikmalarni maxsus mashg‘ulotlar jara- yonida, mashqlami bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish yoTi bilan egallash mumkin. Shu bois, tajribali murabbiylar badminton o‘ynashga o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida mashg‘ulotlar jarayoniga o‘yin amaliyotini deyarli kiritishmaydi.

Nazorat savollari



  1. “Texnika” haqida tushuncha, badmintonga xos o‘yin usulla- riga izoh bering.

  2. Volansiz va volan bilan ijro etiladigan harakatlar texnikasi mo- hiyatini ochib bering.

  3. O‘yin texnikasi tasnifiga izoh bering.

  4. Badmintonchiga xos holat va harakatlanishlar texnikasini ga- pirib bering.

  5. Istalgan o‘vin usulini ijro etish texnikasiga tafsif bering.

  6. O‘yin usullari texnikasining ko‘p qirraliligi va o‘zgaruv- chanligi haqida tushuncha bering.

  7. O'yintexnikasinijismoniy sifatlarbilanbogTiqligini izohlang.




Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin