Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja



Yüklə 69,27 Kb.
səhifə5/17
tarix07.01.2024
ölçüsü69,27 Kb.
#205838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Iv bo’lim Muomala madaniyati reja-fayllar.org

Ishxonada. Yangi xodimni jamoaga rahbar tanishtiradi. Eski xodimlar yangi kasbdoshlarni ishning jarayoni bilan tanishtiradilar va о‘zlarini to xodim «joylashib» olguncha sharoit yaratishga harakat qiladilar. Ba’zi bir xodimlar о‘rtasidagi barcha og‘ir munosabatlar, hamda о‘zaro arazlar haqida yangi xodimga «etkazish» shart emas.
Dam olish maskanidagi hayot tanishishning nisbatan oddiyroq shaklini taqozo etadi. «Kitobingizni kо‘rsam maylimi?» deb boshlangan murojaatning о‘zi yaqin munosabatga asos bо‘la oladi. Bunday holatda qо‘shni stol va hamxonaningizga о‘zingizni tanishtirishingiz maqsadga muvofiq.
Mana sizni tanishtirishdi. О‘zingizni endi qanday tutasiz? Agar sizni tanishtirayotgan kishi ismi-sharifingizni aytgan bо‘lsa, kо‘rishish uchun qо‘lingizni uzatayotib, buni qaytarishingiz shart emas.
Birinchi bо‘lib tanishishga taklifni qabul qilgan odam uzatadi, ya’ni
  • ayol kishi erkak kishiga,


  • katta – kichikka,


  • rahbar – xodimga.


Tanishtirilgan shaxs to unga javoban kо‘rishishga qо‘l uzatmagunga qadar qо‘l uzatmaydi. 18 yoshgacha bо‘lgan qizlar kattalar kо‘rishayotganda turib kо‘rishadilar. Uy bekasi yoshi va jinsidan qat’i nazar о‘rnidan turib kо‘rishishi lozim. Agar taklif qilinganlardan biri kechikib kelsa, mezbon birvarakay uni hamma bilan tanishtiradi va joyga о‘tkazadi. Kechikib kelgan odamning о‘zi keyinroq stol atrofdagilar bilan tanishib olishi mumkin.


Kо‘chada sizga notanish ayol bilan ketayotgan tanishingizni kо‘rib qolgan paytda, ayolga qarab bosh bilan ta’zim qilib, bir chetga о‘tasiz, kо‘rishishni esa tanishingizga qо‘yib bering – kerak bо‘lsa uning о‘zi sizni tanishtiradi.
О‘zini boshqalarga tanitish ham bir san’atdir. Bunday vositachisiz tanishish qiyinroq bо‘lib, juda odob saqlashni talab qiladi. Odobli kishi istagan vaqtda о‘zini tanita oladi. Tanishi uchun yо‘l ochib beradigan vositalar juda kо‘p. Tanishish mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va shu kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning о‘zi gaplpshib ketishga va keyinchalik tanishishga sabab bо‘ladi.
Ismi-shariflar haqida gap ketadigan bо‘lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega bо‘lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Bir kо‘p yillardan sо‘ng biz tezda yodga olgan ismning egasi xursand bо‘ladi. Ammo begona ismlar tezda xotiradan uchib ketadigan vaziyatlar juda kо‘p. Bunday holatda nuqsonni bildirmaslikka harakat qiling.
Ammo agar siz bu vaziyatdan chiqish yо‘lini topa olmasangiz: «Uzr yodimdan kо‘tarilibdi» deb tan olishga tо‘g‘ri keladi. Bunda vaziyatdan hazil yoki ishonchlilik orqali chiqib ketish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga tо‘g‘ri keladi. Bunda «Biz tanishmiz» degan javobni eshitmaslik uchun о‘z ismi-sharifini aytib sо‘rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni tanimay hayron bо‘layotgan yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar ekanmiz: «meni taniyapsizmi?» deb uni qiynamaganimiz ma’qul. Bundan u noqulay bо‘lishi mumkin. Ammo «biz falon joyda tanishgandik» degan ma’noda sо‘z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz durust. Bu uni kim bilan gaplashayotgani haqida eslashga yordam beradi.
Ishxonada ham ayol ayolligini yо‘qotmaydi. Odobli erkak ayol kishiga joy beradi va turli xil achchiq hamda qо‘pol sо‘zlardan о‘zini tiyadi. Ammo barcha mulozamat turlari asosiy narsaga – ishni borishiga halaqit bermaslik lozimdir. Erkak ishlayotgan bо‘lsa, ayol uchun о‘rnidan turib paltosini olib berishi shart emas. Ammo garderobda birga bо‘lib qolishsa, kiyishga yordam berishi shart. Ayol kishi ham о‘z о‘rnida, agar ishxonada erkak kishi о‘zini og‘irroq tutsa, shikoyat qilmasligi, erkak kishi ishlab о‘tirgan bо‘lsa, faqat ayol turgani uchun о‘rnidan turishni talab qilmasligi lozim.
Ayollar! Ish sharoitida о‘z ayollik latofatingizni suiste’mol qilmang. Ish muammolarini kо‘z yoshi bilan hal qilishga intilmang. Va yana bir maslahat. Ish stolni chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli kо‘rsatmaydi. Ular uchun boshqa joyni topgan ma’qul. Telyefon gо‘shagini kо‘tarayotib «Bu kim?» deb qiziqmang.
Ishxonadagi alohida jamoa о‘rtasida xodimlar tug‘ilgan kunlarini nishonlash rusmga aylanib qolgan. Rusm bо‘lgani о‘z-о‘zidan yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bо‘lsa, shuncha yaxshi. Tabriklar qabul qilayotgan ayyom sababchisi о‘rnidan turadi. Bunga javoban oddiy о‘tirishni taklif qilish mumkin: kofe, shirinlik.
Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma’qul. Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug‘diradi va keyinggi tug‘ilgan kun egasini «qiynab» qо‘yishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlar chiroyli rusmlarni falokatga aylantiradi. Agar sovg‘a sifatida shirinlik olgan bо‘lsangiz, atrofdagilarni u bilan mehmon qiling.
Rahbarning tug‘ilgan kunini mavjud muassasining rusmiga qarab nishonlanadi. Rahbarni tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullarni qо‘ymoqdir. Lekin baribir xodimlar rahbarga sovg‘a qilishni istasalar, unda eng yaxshisi – о‘rtameyona, qimmat bо‘lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar, kuldon yoki stol uchun mayda-chuyda narsalar, albom, kitoblar sovg‘a qilish mumkin.
Yaxshi tashkillashgan, kirishimli jamoalarda karmon, portfel yoki qо‘lqop ham hadya qilish mumkin. Muassasa rahbari ayniqsa, yoshroq bо‘lsa, yoshi ulug‘ xodimlar va ayollar bilan birinchi bо‘lib kо‘rishadi. Bо‘limga kirib kelgan rahbar birinchi bо‘lib sо‘rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob beradi, ammo о‘rinlaridan turmaydilar. О‘zining xonasida rahbar oldiga bir masala bо‘yicha kelgan ayol xodim uchun о‘rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa chо‘zilgan taqdirda, rahbar xodimga о‘tirishni taklif qilishi mumkin.


Yüklə 69,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin