Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib qо‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bо‘yicha suhbatlashish vaziyatni og‘irlashtiradi.
Suhbatdoshingizga о‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, о‘z muammo va yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida о‘z “men” ini markaziy joyga qо‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik meyorlari qо‘l keladi.
О‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi.
Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini notо‘g‘ri deb hisoblaganda ham oxirigicha eshitish bilan shaxsning sо‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim.
Boshqa insonlarini g‘iybat qilishdan, ularning shaxsiy hayoti, muammosi haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi.
Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat jamoat joylarida yoki kо‘chada bо‘lsa, boshqalarni о‘ziga jalb qilmagan xolda, ovoz past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari chо‘zilib gapirish ham ma’lumotni о‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda bо‘lishda barchaga tushunarli engil mavzu tanlanib olinadi. M: Futbol, seriallar, qо‘shiqlar, telekо‘rsatuvlar v.x.k. Hech qachon oilaviy muammolar, shaxsiy xayotdagi kelishmovchiliklar, о‘zi tushunmagan va ma’lumotga ega bо‘lmagan tor mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz.
Barcha hursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi, qо‘rqinchli voqealar, kо‘ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarni kayfiyatini tushirib yuboradi.
Bemorni kо‘rgani borganda о‘lim haqida, uning kasal tarixi, mayda-chuyda jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning о‘rniga yolg‘on bо‘lsa ham kо‘rinishini yaxshiligi, albatta yaxshi bо‘lib ketishi mumkinli haqida suhbat qurish lozim.
Dasturxon atrofida ishtahani bо‘g‘uvchi mavzular xaqida gapirilmaydi. Ovqatni yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha, uni tayyorlagan insonni kо‘nglini kо‘tarish lozim.
Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda yolg‘on ishlatmaydi, uni g‘iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson bо‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda tо‘satdan kirib qolgan mavzu «qahramoniga», kо‘pchilik ta’sirida miyg‘ida kulib, sinchkov nigoh bilan piching hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor beradi.
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham bog‘liq. Tinglash faqat eshitib о‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan sо‘ng, о‘z fikrini tо‘liq bayon qilib beruvchi insonga aytiladi.