Iv guruh kationlari analitik reaksiyalari



Yüklə 41,53 Kb.
səhifə5/14
tarix28.11.2023
ölçüsü41,53 Kb.
#168769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
IV guruh kationlari (Al3 , Cr (III, V), Zn2 , Sn(II, IV)) ning analitik reaksiyalar

2. Ammiak eritmasi xrom (III) ioni bilan Cr(OH)3 cho'kmasini hosil qiladi. To'la cho'kish pH~6 bo'lganda amalga oshadi. Ammiakli bufer aralashma muhitida ham to'la cho'kishga erishiladi.
3. Kuchsiz kislotalarning tuzlari xrom (III) ioni bilan gidroliz reaksiyalari tufayli Cr(OH)3 cho'kmasini hosil qiladi (alyuminiyning shunday reaksiyalariga qarang).
4. Natriy atsetat alyuminiy va temir (III) ionlaridan farqli ravishda xrom (III) ionini hatto eritma qaynatilganda ham cho'ktirmaydi.
A13+ va Fe3+ ionlar ishtirokida hosil bo'ladigan cho'kma ham xromning to'liq cho'kishini ta'minlamaydi.
5. Natriy gidrofosfat bilan xrom (III) ioni xrom (III) fosfat cho'kmasini hosil qiladi. Hosil bo'lgan cho'kma kislota va ishqorlarda eriydi.
6. Xrom (III) ionini oksidlash natijasida xrom (VI) ioni hosil bo'ladi. Xrom (III) va xrom (VI) ionlarning ranglari har xil bo'lganligi sababli oksidlanish reaksiyasidan xrom (III) ionini topishda foydalanish mumkin. Xrom (III) ionini ishqoriy muhitda oksidlaganda xromatlar (sariq rangli eritma), kislotali muhitda oksidlaganda esa dixromatlar (to'q sariq rangli eritma) hosil bo'ladi.
Ishqoriy muhitda oksidlashda H2O2, Na2O2 va bromli suv singari oksidlovchilar ishlatiladi:
Cr3+ + 3OH-→ Cr(OH)3
2Cr(OH)3 + 3H2O2 + 4NaOH → 2Na2CrO4+8H2O
2Cr(OH)3 + 3H2O2 + 4OH→2CrO42 + 8H2O
2NaCrO2 + 3H2O2 + 2NaOH → 2Na2CrO4 + 4H2O
Reaksiyani bajarishda 2-3 tomchi xrom (III) tuzi eritmasiga 3-4 tomchi 2 N NaOH, 2-3 tomchi 3 %li H2O2 tomizib, eritmaning yashil rangi sariqqa o'tguncha qizdiring.
Kislotali muhitda oksidlash uchun oksidlovchi sifatida nitrat yoki sulfat kislota ishtirokida KMnO4, (NH4)2S2O8 yoki NaBiO3 qo'llanadi. Bunda nitrat kislotali eritmada yashil yoki binafsha rangli eritma to'q sariq rangga kiradi:
2Cr(NO3)3+3NaBiO3+4HNO3 →Na2Cr2O7+NaNO3+3Bi(NO3)3+2H2O

Yüklə 41,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin