Fan bо‘yicha talabalarning bilim, kо‘nikma va malakasiga qо‘yiladigan talablar
Bakalavr talabalar mazkur fanni о‘zlashtirish davomida quyidagi bilimlarga ega bо‘lishlari lozim:
-uzluksiz ta’lim tizimida matematika fanlarining mazmunini;
-pedagogik faoliyat asosiy tushunchalari, tarkibi, mezonlarini bilishi;
-matematika о‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati asosiy tushunchalari, tarkibi, mezonlarini;
-pedagogik faoliyatni loyihalashtirish asosiy tushunchalari, tarkibi, mezonlarini;
-matematik ta’lim sohasida qо‘llaniladigan texnologiyalarining nazariy asoslarini, о‘ziga xos xususiyatlarini, darajalarini tasniflashni;
-о‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va boshqarish yо‘llarini, о‘quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni;
-matematika о‘qitishda modulli, muammoli ta’lim, didaktik - о‘yinli, xamkorlikda о‘qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, matematika о‘qitishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan, multimediya texnologiyalaridan foydalanishni;
-о‘quvchilarni kichik guruhlarda о‘qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullarini;
- о‘quvchilarni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida о‘qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni bilishi, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullariga ega bо‘lishlari lozim.
Talabalar quyidagi kо‘nikmalarga ega bо‘lishlari lozim:
-ilmiy, ilmiy–metodik jurnallarda chop etilgan va о‘quv adabiyotlarida mavjud bо‘lgan, Internet orqali berilgan о‘qitish jarayonida foydalanish mumkin bо‘lgan ta’lim texnologiyalari haqidagi maqolalarni va axborotlarni mustaqil о‘rganib, taxlil qila olish va ulardan о‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish;
-matematika darsining о‘quv maqsadlari va vazifalarini aniq qо‘ya olish;
- uzluksiz ta’lim tizimida matematika fanlarining mazmunini loyihalashtirish;
-о‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va boshqarish yо‘llarini, о‘quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni loyihalashtirish;
-matematika о‘qitishda modulli, muammoli ta’lim, didaktik - о‘yinli, xamkorlikda о‘qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, matematika о‘qitishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan, multimediya texnologiyalaridan foydalanishni loyihalashtirish;
-о‘quvchilarni kichik guruhlarda о‘qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullarini loyihalashtirish;
- о‘quvchilarni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida о‘qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullarini loyihalashtirish
- matematikani о‘qitishda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish va amalga oshirish, takomillashtirish;
-о‘quvchilarning о‘quv-biluv faoliyatlarini loyihalashtirish va tashkil etish;
- innovatsion pedagogik faoliyatni о‘zlashtirish, amalga oshirish, baholash va takomillashtirish;
- Microsoft Word, Microsoft Yexcel, Microsoft PowerPoint dasturlari asosida uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;
-о‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatlarini loyihalashtirish va tashkil etish;
-innovatsion pedagogik loyihalarni va tajribalarni о‘rganish, tanqidiy baholash va moslashtirish.
Bakalavr talabalar mazkur fanni о‘zlashtirish davomida quyidagi malakalarga ega bо‘lishlari lozim:
-pedagogik texnologiyalarga asoslangan darsni loyihalashtirish va amalga oshirish;
-matematika darslarini tashkil etishda elektron ishlanmalarni tayyorlash va ulardan foydalanish;
-о‘quvchilarning bilim kо‘nikma va malakalarini nazorat qilishning samarali tizimini loyihalashtirish va amalga oshirish;
- innovatsion о‘quv mashg‘ulotini amalga oshirishga imkon beruvchi uslubiy ishlanmalarni loyihalashtirish va tayyorlash;
- innovatsion о‘quv mashg‘ulotini amalga oshirishda о‘quvchilar faoliyatini loyihalashtirish va boshqarish;
-о‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatlarini loyihalashtirish va boshqarish;
-о‘quvchilar innovatsion о‘quv-bilish faoliyatini loyihalashtirish va tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |